“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:03
ЎЗO‘Z

"O‘zbek kinosining kelajak konsepsiyasi" taqdimoti o‘tkazildi

06 iyun, 00:05 2 138 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"O‘zbek kinosining kelajak konsepsiyasi" taqdimoti o‘tkazildi “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan o‘zbek kinematografiyasining istiqboli, yechilishi kerak bo‘lgan muammolar, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar aks etgan, yaqin 10-15 yilga mo‘ljallangan rejalar taqdim etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rolik shaklida tayyorlangan "O‘zbek kinosining kelajak konsepsiyasi"ni taqdim qildi va yaqin yillarda o‘zbek kino san’atida katta rejalar tuzilayotganini ma’lum qildi.

U jumladan, kinoteatrlar sonini kengaytirish, ko‘p qavatli uylar yerto‘lalarida, yondosh binolarda ixcham (30-40 kishilik) kinozallar tashkil etish loyihalarini taqdim etdi. Nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham kino san’atiga oid maktablar, kollejlar tashkil etish bo‘yicha loyihalar tuzilayotganini bildirdi.

– Konsepsiyamiz ko‘ngildagidek amalga oshsa, yaqin o‘n yillar ichida “O‘zbekkino” Milliy agentligining hozirgi shakliga ehtiyoj qolmaydi. Sababi, dunyoning biror davlatida bunday tashkilot yo‘q. Bor tashkilotlar ham faqat muvofiqlashtiruvchi yoki ko‘mak beruvchi jamg‘armalar shaklida faoliyat yuritadi, – dedi F.Abduxoliqov.

Taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov ham sohaga oid o‘z fikrlarini bildirdi:

– O‘zbek kinosi davlat ko‘magisiz yashay olmaydi. Chunki bizda kinobozor yo‘q. E’tibor bering, 34 million aholi yashaydigan davlatda bor-yo‘g‘i 31 ta kinoteatr faoliyat yurityapti. Bu bilan qanday qilib tomoshabinni jalb qila olamiz? Hatto “Osmondagi bolalar” filmi ham uzoq vaqt namoyish etilganiga qaramay xarajatni qoplay olmagan.

O‘zi dunyo bo‘yicha faqat uch davlat – AQSH, Hindiston va Nigeriyadagina kinosanoat daromadli. Gollivudning ham mingta filmidan 10-15 tasi katta mablag‘ keltiradi xolos, qolgani xarajatni qoplash uchun yugurib yurishadi. Hatto kino vatani bo‘lgan Fransiyada ham bu san’at foyda keltirmaydi, – dedi san’at arbobi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 107
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar