“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 05:26
ЎЗO‘Z

Hind aktrisalari suratga tushgan Gollivud filmlari

04 iyun, 00:32 6 232 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hind aktrisalari suratga tushgan Gollivud filmlari Hind aktyorlari nafaqat Bollivud kino sanoatida, balki Gollivudda ham mashhur hisoblanadi. E’tiboringizga hind yulduzlari ishtirok etgan xorijiy filmlar ro‘yxatini taqdim qilamiz.

«Bekhemdek o‘yna»

Foto: Getty Images
Hind aktrisasi Parminder Nagra ishtirok etgan «Bekhemdek o‘yna» filmi 2002 yilda suratga olingan. Unda Kira Naytli, Jonata Ris Mayers va Anul Kjerlar rol ijro qilgan.

Film syujeti: Panjobdan oilasi bilan Londonga ko‘chib kelgan Jess, qiz bola bo‘lishiga qaramay, futbolga qiziqadi. Ota-onasi esa uni yurist bo‘lishini istaydi. Juliyetta bilan uchrashuvidan keyin taqdiri o‘zgarib ketgan Jess, futbol bilan professional shug‘ullanadi va ota-onasiga bildirmay, musobaqada ishtirok etish uchun Germaniyaga borishga ham ulguradi.

«Ziravorlar malikasi»

Foto: Getty Images
Ayshvariya Ray ishtirokidagi «Ziravorlar malikasi» filmi 2005 yil suratga olingan. Filmda Dilan Makdermott, Ayesha Darker va Nitin Ganatralar rol ijro qilgan.

Syujet: Hindistonlik immigrant qiz Tilo, ziravorlar do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Bashorat qilish xususiyatiga ega bo‘lgan Tiloning sotgan ziravorlari xaridorlar istak va tilaklarini qondirishga yordam beradi.

«Pushti Pantera 2»

Foto: Getty Images
Ayshvariya Ray ishtirok etgan «Pushti Pantera 2» filmi 2009 yilda suratga olingan.
Bosh rollarni Stiv Martin, Jan Reno, Emili Mortimerlar ijro qilgan.

Syujet: Inspektor Jak Kluzoning vazifasini bajarish davomidagi sarguzashtlarni o‘z ichiga oladi.

«Shovvoz Getsbi»

Foto: Getty Images
Amitabh Bachchan ishtirokidagi «Shovvoz Getsbi» filmi 2013 yilda suratga olingan. Hind aktyori ushbu filmda Leonardo Di Kaprio, Tobi Maguayr, Keri Malligan va Ayla Fisherlar bilan suratga tushgan.

Syujet: Nik Karraueyning XX asrga xos bo‘lgan hayot yo‘li, boylik ketidan quvishi, imkonsiz sevgiga erishish uchun qilgan harakatlari oxiri fojia bilan yakun topadi.

«Malibu qutqaruvchilari»

Foto: Getty Images
Priyanka Chopra suratga tushgan «Malibu qutqaruvchilari» filmi 2017 yilda suratga olingan. Chopra xonim ushbu filmda Zak Efron, Dueyn Jonson va Kelli Rorbax bilan birgalikda rol ijro qilgan.

Syujet: Tinch okeani sohilida ishlovchi qutqaruvchilar guruhi dam oluvchilarni suvdagi turli xavflardan himoya qiladi. Kunlarning birida guruh a’zolari Mitch va Mett, sohil bilan bog‘liq jiddiy xavf borligi haqida bilib qoladi.

«Romantik emasmi?»

Foto: Getty Images
Priyanka ijrosidagi yana bir «Romantik emasmi?» filmi 2019 yilda suratga olingan. Unda Rebel Uilson, Liam Hemsvort, Adam Divayn, Betti Gilpinlar suratga tushgan.

Syujet: Yosh arxitektor Natali jarohatdan keyin hushini yo‘​qotadi va ko‘zini ochganidan keyin atrofdagi insonlar o‘sha-o‘sha, lekin boshqacha bo‘lib qolgan bo‘ladi.

«Oushenning 8 dugonasi»

Foto: Getty Images
Mindi Kalling ishtirok etgan «Oushenning 8 dugonasi» filmi 2018 yilda suratga olingan. Unda bosh rollarni Sandra Bullok, Keyt Blanshet, Rihanna va Enn Heteuey Xelen Bonem Karter ijro qilgan.

Syujet: Qamoqxonadan chiqqaniga ko‘p bo‘lmagan Debbi Oushen, hayotidagi eng katta o‘g‘rilikni amalga oshirish maqsadida jamoa to‘playdi. Yig‘ilgan qizlardan iborat jamoa xatti-harakatlari asosida voqealar rivoji shakllanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 145
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar