“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:06
ЎЗO‘Z

Pardozdagi "Azador"

23 мая, 18:00 6 822 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pardozdagi "Azador" Bugun bizda (ekranlarimizda) tabiiy chehralar qolmadi, hisob. Hozirgi aktrisalarimizning deyarli hech biri chaplangan qiyofa, o‘rdak lab, ulama kiprik, yasama qosh va jarrohlik amaliyotidan so‘ng tarang tortilgan, mimikadan xoli yuz qiyofasi bilan tomoshabinni ortidan ergashtirolmaydi, o‘zi ijro etayotgan yuzaki qahramonga nisbatan mehr uyg‘otolmaydi.

Aksariyat aktyor, aktrisalarimiz xoh klip, xoh kinoda rol o‘ynasin, go‘zallik salonidan “sip-silliq” bo‘lib chiqqandan so‘nggina obrazga kirishadi. Sochi zamonaviy uslubda turmaklangan, yuzi eng oldi “imijmeyker” tomonidan pardoz-andoz vositasida “sayqallangan”, ayniqsa bir qarich ulama kiprikni yopishtirib olgan rol ijrochisi ekranda mushfiq ayol, hayotda qiynalgan yolg‘iz ona yoki nogironlik aravasiga umrbod mixlangan yarim jon rolida tomoshabinning g‘ashiga tegadi.

Kezi kelsa, ayrim aktrisalarimiz urf-odat, an’analarimiz ustidan “bir sakrab o‘tib”, o‘zi o‘ynayotgan kinodagi, hatto, ta’ziya sahnasida ham yasama qosh-kiprikda, yuziga bir tomchi gletsirinni tomizib qo‘yib, ekran oldida mung‘ayib turganini ko‘rib, bunday “o‘ta professional”likdan “dod” deging keladi.

Nega hozir ishlanayotgan kinolarni darrov esdan chiqaramiz-u, yigirma, o‘ttiz yil ilgari olingan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Shum bola”, “Maftuningman”, “Suyunchi”, “Mahallada duv-duv gap” singari filmlarni qayta va qayta ko‘raveramiz?!

Negaki, avvalgi kinolardagi obrazlar tabiiy, jonli va umriboqiy. O‘sha mashhur filmlarda rol ijro etgan aktyor, aktrisalarimiz qiyofasida ortiqcha hashamni uchratmaymiz. Masalan, “Mahallada duv-duv gap” filmidagi Lutfixonim Sarimsoqova ijrosidagi rol shu qadar ishonarliki, hatto, ayaning biliniar-bilinmas qaltirashida ham tabiiylik bordek. Yoki “Suyunchi” filmidagi qizlarning sovchilar oldiga choy keltirish sahnasini eslang.

Mashhur opa-singillar — Halima, Salima, Karima, Naziraning yuzi, o‘zbekona qoshu ko‘zi, hatto, shaharda o‘qiydigani ham ekranda ro‘molda namoyon bo‘ladiki, kiroyi shunday kelining bo‘lsa, qaniydi, deya ularga mahliyo bo‘lib qolasan. Anzirat ayaga ma’qul kelgan Nazirani olaylik. Haqiqatan, uning qiyofasi momosi aytganidek, “shunaqangi o‘jar, shunaqangi qaysarki”, degan ta’rifiga shu qadar mos tushganki, agar bu sahna shu kecha-kunduzda olinganda bormi, bugungi Nazira ekranda bir qarich ulama kiprik bilan tomoshabinni ko‘nglini ozdirishi aniq edi.

Shu o‘rinda “O‘tkan kunlar”dagi Kumushbibi hamda uning kundoshi Zaynab obrazini olaylik. Kumushbibi xuddi kitobda Abdulla Qodiriy ta’rif etganidek sohibjamol, ortiqcha pardozdan xoli, ismi jismiga monand malaksiymo Marg‘ilon go‘zali. Zaynab ham go‘zallikda Kumushdan aslo qolishmaydigan, ammo uning ichki olamidagi kemtiklik zarralari yuzida aks etgani bois “raqibasi”ga nisbatan bir pog‘ona past ko‘rinuvchi qiyofa shu qadar mohirona tanlanganki, aktrisalarimiz ijrosiga tasanno, aytmay ilojimiz yo‘q. Qaysidir bir suhbatda bu haqda Gulchehra Sa’dullayeva shunday degan edi: Zaynabni o‘ynayotganimda rejissyor mening go‘zalligimni, ekranda birinchi planga chiqib ketyapti, deb grimm orqali berkitishga urinardi. Men ham qahramonimni u xohlagandek ijro etishga intildim va bunga e’tiroz bildirmadim.

Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi sanab o‘tilgan kinolardagi chehralarda tabiiylik bor, aktyor va aktrisalar professional. Ularning har biri o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishgani bois ham bu kinolar biz uchun g‘oyat qadrli. Yosh aktrisalarimizni hali yosh-da, desangiz, tabarruk yoshga yetib qolgan ayrim aktrisalarimiz ham rolini qoyilmaqom ijro etish o‘rniga yuzini “chaplab”, ulama kiprikda ekranga chiqishda uncha-muncha yoshni ortda qoldirishmoqda. Yaxshiyamki, bugun bunday aktyorlar xashaki rollardan ortib, O‘zbekoyimni o‘ynamaydilar. Shunday bo‘lganda bormi, bugungi yosh avlod xotirasida ulama kiprik momolar muhrlanib qolarmidi?!

Manba: fikrat.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 171
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar