“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:50
ЎЗO‘Z

Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video)

22 мая, 23:45 5 861 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video) Foto: «Daryo»
«Opa-singillar», «Gulxan atrofidagilar», «Alpomish» kabi filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan, 2019 yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi Dilorom Sharipova «Daryo» nashriga intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Dilorom Sharipova qizining bolaligi, aktrisa bo‘laman deb qilgan harakatlari, «imtihondan qizimni yiqitib yuboringlar», deya institut o‘qituvchilariga qilgan iltimosi haqida gapirib berdi.

- Gavhar qizim bog‘chaga borgan vaqtlaridan, uch yoshlaridan turli yupkachalarni kiyib, aktrisa bo‘laman der edi. ‘Bunday dema-ey, aktrisa bizni zotimizda yo‘q’, derdim. Maktabda ham juda yaxshi o‘qigandi. Ayniqsa ustozlari Gavhar tomonidan tashkillashtirilgan so‘nggi qo‘ng‘iroqni, har bir o‘qituvchisiga she’r yozganini hozirgacha eslashadi.

‘Menga oq fotiha bering, men san’at institutiga kiraman’,— deganida, ‘jonim bolam, seni otasiz katta qildim, o‘zbekchilik, odamlar aktrisa bo‘lib ketibdi’,— deb gapirishadi, desam, ‘Sora Eshonto‘rayeva yetti yoshimda sen sahna uchun tug‘ilgansan, aktrisa bo‘lasan, degandilar, hamma tomonlama qobilyatim yetarli, baribir aktrisa bo‘laman’ degandi.

Institutga hujjatlarini topshirganida ham, ijodiy imtihon oladigan ustozlariga ‘aylanay sizlardan, Navoiydan kelgan Sharipova Gavharni imtihondan yiqitib yuboringlar’ deb iltimos qildim. Imtihonda uning mahoratini ko‘rgan ustozlari, yonimga kelib, ‘qizingiz sahna uchun tug‘ilgan ekan-ku, hali u mashhur aktrisa bo‘lib ketadi, bizni duo qilib, rahmat aytib yurasiz’ deyishgan edi. Gavhar yuqori natijalar bilan o‘qishga kirgan edi.

Birinchi marta Rashid Xoliqovning video klipida suratga tushgandi. Keyin ‘Alpomish’ filmiga, ‘Otalar so‘zi’ dasturida suratga tushib yurdi. Teatrda juda ko‘p spektakllarda rollar o‘ynadi. ‘Gulxan atrofidagilar’ filmida ham juda chiroyli rol ijro etgan.

Keyinroq ‘Opa-singillar’ serialiga taklif qilishgan ekan. Bir kun telefon qilib, ‘falon kuni ‘Opa-singillar’ning birinchi fasli ketadi, ko‘ringlar, faqat yig‘lamanglar’ dedi. ‘Opa-singillarni’ yig‘lab-yig‘lab ko‘rdik.

‘Opa-singillar’ serialidan keyin ishi o‘xshamadimi, dugonasi Moskvaga chaqirgan edi, keyin u yerga ishlashga ketdi. Moskvadan uyga kelganida, ‘Navoiyda qol’, desam, ‘men Navoiyda yashay olmayman, meni ijodim Toshkentda, Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi’ degandi.

Hammamizga mehribon edi, ‘ishlarim yaxshi bo‘lib ketsa Toshkentdan uy olaman, sizni olib ketib shifokorlarga ko‘rsataman, siz yig‘lamang, hammasi yaxshi bo‘ladi, onajon’ derdi.

Bolajonimdan ayrilib qoldim. Meni bolam keng dunyoga sig‘may ketdi
, - deydi aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi Dilorom Sharipova.

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa Gavhar Sharipova 2019 yilning 19 noyabr kuni Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lida, Isuzu yuk mashinasida kelayotganda, mazkur yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa 140 kilometr tezlikda yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 104
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar