“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)

13 мая, 10:46 20 629 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto) Serial va filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan turk aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘pchilikka qiziq. Quyida aktrisalarning bolalikdagi suratlari e’tiboringizga havola etiladi.

Beren Saat (36 yosh)

Foto: Getty Images
«Ko‘sem» seriali yulduzi bolaligida musiqa bilan jiddiy shug‘ullangan. U juda yaxshi qo‘shiq aytgan va tanlovlarda qatnashgan. Beren iste’dodi uchun o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Biroq u xonandalikni emas, aktrisalikni tanlagan.

Maryam Uzerli (36 yosh)

Foto: Getty Images
Aktrisaning otasi turk, onasi nemis millatiga mansub. U 5 yoshida birinchi rolini ijro etgan. Uning debyuti otasining do‘sti rahbarligidagi teatr sahnasida bo‘lgan. Maryam maktabdagi bayramlarda ham faol qatnashib, sahna chiqishlarida turli rollarni ijro etgan. U bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. «Muhtasham yuz yil» serialidagi Xurram obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi.

Pelin Karaxan (35 yosh)

Foto: Getty Images
«Muhtasham yuz yil» serialining yana bir yulduzi Pelin to‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan. Qizchani onasi tarbiyalab o‘stirgan. Pelin maktabda yaxshi o‘qigan, so‘ng universitetning turizm fakultetiga o‘qishga kirgan.

Uning aktrisalik faoliyati reklama roliklaridan boshlangan.

Fahriye Evjen (33 yosh)

Foto: Getty Images
Fahriye Germaniyada tug‘ilgan. Otasi turk, onasi esa qorachoy-cherkasiyalik. Fahriye bolaligida basketbolga qiziqqan, teatr studiyasiga qatnagan, kitob o‘qishni yoqtirgan. Aktrisaning karerasi Istanbul shahriga sayohatdan boshlangan. Chiroyli qiz rejissyorlar e’tiboriga tushgan va uni «Hech qachon unutma» seriali kastingiga taklif qilishgan.

Xande Erchel (26 yosh)

Foto: Getty Images
Xandening ijodiy qobiliyatlari bolaligidayoq namoyon bo‘lgan. U maktabdagi teatrda rollar ijro etgan. So‘ngra tasviriy san’at universitetiga o‘qishga kirgan. Xandening karerasi Ozarbayjonda o‘tgan go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu tanlovda Xande ikkinchi o‘rinni egallagan.
turk aktrisalari, bolalik, surat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 72
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar