“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:04
ЎЗO‘Z

Qiyofasi va rollari bilan qalblardan joy olgan Burak O‘zchivit haqida faktlar

05 мая, 14:48 4 383 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qiyofasi va rollari bilan qalblardan joy olgan Burak O‘zchivit haqida faktlar Foto: Sondakika
«Sevgi iztirobi» filmi orqali muxlislar qalbidan joy olgan mahoratli aktyor Burak O‘zchivitning nafaqat kinodagi faoliyati, balki shaxsiy hayoti ham e’tibor markazida bo‘lib kelgan. «Yandeks Dzen» platformasida Burak haqida qiziqarli faktlar e’lon qilindi. Ular orqali siz sevimli aktyoringiz haqida yanada ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

1. Burak avtobiografiyasida biz eshitib yoki o‘qib o‘rganib qolgan o‘ziga xoslik yo‘q. Shunisi ma’lumki, oilaviy an’anaga loyiq ravishda aktyorning ham kabob restorani bor va u «Bali bey» deb nomlanadi. Burakning o‘zi mazkur restoranga haftasiga kamida ikki bor tashrif buyurib turadi. Ta’kidlanishicha, restoranga tashrif buyurgan mijozlar undagi taomlarni iste’mol qilishdan ham ko‘ra aktyor bilan uchrashishga ishqiboz.

2. Bolalik paytida televizor qarshisidan nari ketmagan Burak qahramonlarga, ulardek qo‘rqmas va jasur bo‘lishga qiziqqan. Katta bo‘lsa «Betmen» bo‘lishni istagan bo‘lajak aktyorning, qaysidir ma’noda film qahramoniga aylanganini inkor qilib bo‘​lmaydi.

Foto: Hurriyet
3. O‘zchivit Marmara universitetining kino, tasviriy san’at va fotografiya yo‘nalishini tamomlagan. Shunga qaramasdan karerasini model sifatida boshlagan va ushbu sohada yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan. 2013 yilda «Turkiyaning eng yaxshi modeli», oradan ikki yil o‘tib esa «Dunyoning eng yaxshi modeli» deb e’tirof etilgan. Eng qizig‘i, mazkur tanlovda ishtirok etish uchun uning fotosini otasi yuborgan.

4. Kinodagi faoliyati 2006 yilda «Minus 18» filmidagi kichik roli bilan boshlangan. Bundan keyin bir qancha filmlarda suratga tushganiga qaramay, «Muhtasham yuz yil» filmidagi Malkocho‘g‘lu Bali bey roli unga muvaffaqiyat olib kelgan. Undan keyingi «Choliqushi» va «Sevgi iztirobi» seriallari esa aktyorning nafaqat tashqi qiyofasi, balki ijodiy mahorati ham mukammal ekanini isbotladi.

Foto: Al Bawaba
5. Burakning shaxsiy hayoti hech qachon sir saqlanmagan. Aktyor 2013 yilda «Choliqushi» filmining suratga olish jarayonida Faxriya Evjen bilan uchrashadi va o‘tgan yillar ikki kino olami vakilining nafaqat ijodda, balki shaxsiy hayotda ham munosib juftlik ekanini isbotladi. Faxriya va Burak 2017 yilda turmush qurgan. 2019 yilda O‘zchivitlar soni bittaga ko‘paydi: juftlik o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

6. O‘ziga nisbatan «eng kelishgan» deb beriladigan ta’riflarga Burak shunchaki, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishini aytib, kamtarlik qiladi.

Foto: Sporx
Burak O‘zchivit, aktyor, Sevgi iztirobi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 161
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar