“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:23
ЎЗO‘Z

Habibulla Nizomov: Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, janozasiga bormayman

04 мая, 17:12 4 866 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Habibulla Nizomov: Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, janozasiga bormayman Foto: MyDay
Jurnalist Jasur Hamroyev karantin tufayli AQSHning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbat davomida Habibulla Nizomov rejissyor Hilol Nasimovning filmlariga bo‘lgan munosabatini bildirdi.

«Ochig‘ini aytsam, agar Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, men uning janozasiga bormayman. U inson bilan uchrashishni ham xohlamayman.
Bir inson yoki xalqning qanchadir qismi adashgan bo‘lsa, uni ma’rifat bilan, chiroyli tushuntirsa ham bo‘ladi. Men bu rejissyorning filmlaridan ma’rifat topa olmaganman.

Islomni niqob qilganlar yo‘q emas, bor. Lekin bu degani bir o‘zbek xato qilsa, butun xalqni shunaqa qilib ko‘ratish kerakmas-ku? Odamlarda O‘zbekiston haqida shunaqa fikr paydo bo‘lib qolgan: bu yerda urush, buzg‘unchilik bo‘ladigan, rivojlanish va zamonaviylik yo‘q davlat deb o‘ylashadi. Men gaplashgan chet elliklarning bir nechasi shunaqa fikr bildirgan
», — deydi Habibulla Nizomov.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi paytlarda rejissyorlardan bo‘layotgan filmlarda suratga tushish takliflarini rad etmoqda:
«Kinoning g‘oyasi yana shu o‘zbeklarni, o‘zbek musulmonlarining qayoqdadir buzg‘unchilik qilib yurganini ko‘rsatish bo‘lsa, unday filmlarga hissamni qo‘shmayman.
Masalan, ‘Baron’, ‘Sotqin’ va ‘Temur’ filmlarini shunday mavzuda deb ayta olaman
».

«Baron» filmidan fotolavha
«‘Baron’ filmining g‘oyasini tushunmay, unda rol ijro etishga rozi bo‘lganman. Hozir filmning g‘oyasini keltirib beraman.
Butun dunyoni zaharlayotgan narkotik balosi. Shu baloni deb, qanchadan qancha odamlar o‘lib ketyapdi. Mana shu ishlarning boshida musulmon inson turibdi. Gapirayotganida hadis va oyatlarni aytayapdi. Balki bordir shunaqa musulmonlar, to‘g‘ri, unda buzuq musulmonni ko‘rsat?! Yuzida niqobi bo‘lsa, niqobini ko‘rsat!

Islomning har ko‘rinishini xunuk ko‘rsatib bo‘lmaydi, ustidan kulib, mazax qilib bo‘lmaydi, bu soqolmi, bu ro‘molmi. Mazax qilishga boshqa mavzular bor
», — deydi aktyor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar