“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:43
ЎЗO‘Z

AQSHda yashayotgan aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida

28 apr, 16:43 8 352 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda yashayotgan aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida Foto: Instagram / @sherzodbin_
Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saidaliyev) hozirgi kunda AQSHning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashamoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev Sherzod bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Sherzod Bin suhbat davomida nima sababdan O‘zbekistondan AQSHga ko‘chib ketgani haqida ham gapirib o‘tdi.
«Menda shunaqa muammolar boshlandiki, ularni kasbimning orqasidan hal qila olmadim. O‘sha vaziyatda menga faqat Olloh yordam berdi.

O‘zbekistondan ketganimga keladigan bo‘lsak, menda xotirjamlik yo‘q edi, halovat yo‘q edi. Ollohga shukur, hozir oilam bilan yaxshi yashayapman. Nimaga xotirjamlik yo‘q edi, degan masalaga kelsak, odam ba’zan hech kim sizni tanimaydigan joyga ketgingiz, yolg‘iz qolgingiz kelarkan. ‘Keling, siz bilan bir rasmga tushaylik’, — deydigan odamlardan qochgingiz kelarkan.

Lekin san’at sohasida faoliyat yuritganimga shukur qilaman. Agar shu sohada bo‘lmaganimda Farruh Soipov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Sardor Rahimxon kabi do‘stlarim bo‘lmasdi. Ular Olloh yo‘lida yaxshi ishlar qilgan insonlar
», — deydi Sherzod.

Shuningdek, Sherzod Bin o‘zbekistonlik shou-biznes vakillaridan biridan qattiq xafa bo‘lgani, ayni damda uni kechirgani haqida ham gapirib o‘tdi hamda o‘zi bilib-bilmay xafa qilgan insonlardan ham kechirim so‘radi.

«Jahongir Otajonov mendan xafa ekanlar. Kechirim so‘rayman. Yana kimlarnidir bilib-bilmay xafa qilgan, ko‘ngliga ozor bergan bo‘lsam, meni Olloh yo‘lida kechirishinglarni so‘rayman», — deydi u.

Suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, Sherzod Bin san’at sohasidan uzoqlashgan, u Holland shahrida Basil deb nomlangan o‘zbek taomlari tamaddixonasini ochgan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Bin nafaqat aktyor va parodist, balki rejissyor sifatida ham faoliyat yuritgan. U 2016 yilda «Qaysar oshiqlar» deb nomlangan filmni suratga olgan edi.
Sherzod Bin, aktyor




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 75
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 75
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar