“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:08
ЎЗO‘Z

«Tangem» o‘zi ishtirokidagi 3 mln dollarlik yangi serialni O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qildi

21 apr, 13:53 3 271 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tangem» o‘zi ishtirokidagi 3 mln dollarlik yangi serialni O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qildi Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
O‘zbekistonning Koreyadagi turistik brend elchisi, mashhur «Saroy javohiri» teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o‘zi ishtirokidagi yangi serialni O‘zbekistonga hadya qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida aktrisa Li Yon E hamda GroupEight kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda aktrisa butun dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sabab aprel oyida O‘zbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat normallashganidan so‘ng prodyuser Byong Jun Song bilan, albatta, mamlakatga tashrif buyurishini ma’lum qilgan. Aktrisa O‘zbekistonning boy madaniy merosi va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgani, shuningdek, mamlakat turistik brendini targ‘ib qilishda davom etishini alohida ta’kidlagan.

Uchrashuv davomida Li Yon E O‘zbekiston xalqiga o‘zi bosh rolni ijro etgan «Saimdan, rang-barang xotiralar» nomli teleserialini hadya qilgan. Aktrisa ushbu serial ayni damda aksariyat vaqtini uyda o‘tkazayotgan O‘zbekiston aholisiga vaqtni mazmunli o‘tkazishiga yordam beradi, — deya umid bildirgan.

«Davlat rahbari tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanib kelmoqda. Bunday shaxslarning turizm targ‘ibotiga jalb qilinishi yurtimizga keladigan xorijiy sayyohlar oqimini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlardagi turistik brend elchilarining hozirgi pandemiya sharoitida O‘zbekiston va uning xalqiga bunday e’tiborni namoyon etishi, albatta, tahsinga sazovordir», — deydi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot uchun, «Saimdan, rang-barang xotiralar» Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bo‘lib, koreyalik mashhur musavvir, xattot va shoira Shin Saimdan (1504—1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Koreya respublikasining 50 000 von nominalli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan. Mazkur serial 2017 yilda Janubiy Koreyaning «SBS» telekanalida efirga uzatilgan. Shundan so‘ng Xitoy, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Tailand va boshqa mamlakatlar telekompaniyalari uni o‘rtacha 3 million AQSH dollari evaziga translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 125
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 214
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 83
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 84
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 175
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar