“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:20
ЎЗO‘Z

Shahzoda 6 yil «zapret»da bo‘lishiga aslida otasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi

06 apr, 16:30 5 868 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahzoda 6 yil «zapret»da bo‘lishiga aslida otasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi Foto: Instagram / @shahzodasinger
Xonanda Shahzoda «Milliy TV» telekanalining «Nishonda» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ilk marta 6 yillik «zapret» sabablari haqida gapirdi. Ko‘rsatuv boshlovchisining «‘Zapret’ga tushishingizga otangiz sababchi bo‘lganmi?» degan savoliga Shahzoda «ha» deb javob bergan.

«Bu aslida siyosiy taqiq edi. Biz undan munosib tarzda o‘tib oldik. Taqiq 6 yil davom etdi. Bu paytda men Rossiya shou-biznesida faol ishladim. Ko‘pchilik Rossiyaga ketganimdan keyin menga taqiq qo‘yilgan deb o‘ylaydi, yo‘q bunday emas. Shunchaki, menga O‘zbekistonda taqiq qo‘yilganidan keyin, Rossiyadan juda ko‘p takliflar kela boshladi va men bundan unumli foydalandim. Umuman olganda, bugun o‘sha kunlar haqida shunday deyman: Olloh bitta kichkina narsani bizdan olsa, o‘rniga katta narsani beradi. Bizning hayotimizga nisbatan uning o‘z rejalari bor. Mehnat, sabr va oldinga qo‘yilgan maqsad bir kuni samarasini beradi», — deydi Shahzoda.

Xonanda, shuningdek, oilasi haqida ham ma’lumot berdi:
«Ota-onam ajrashib ketishgan. Otam falsafa fanlar doktori, ular butun umr partiyada ishlagan. U dastlab nomzodlik dissertatsiyasini, keyin doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Biz muntazam ravishda ko‘chib yurardik. Men Moskvada o‘qiganman, shuning uchun rus tilida gapirish menga qulayroq. Onam rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Hozir onam men bilan yashaydi, otam alohida o‘zi yashaydi. Yana akam bor, u ham oilali», — deydi xonanda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 100
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 204
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar