“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 10:32
ЎЗO‘Z

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi (video)

04 apr, 18:22 4 646 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi (video) Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirus pandemiyasiga atab qo‘shiq kuyladi. Uning aytishicha, pandemiyadan najot faqat poklikda topiladi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov koronavirus xavfi paydo bo‘lgan bir davrda xalqni poklikka targ‘ib etuvchi qo‘shiq kuyladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Маданият вазири Озодбек Назарбеков коронавирусга атаб қўшиқ куйлади

Маданият вазири Озодбек Назарбеков коронавирусга атаб қўшиқ куйлади ? https://kun.uz/66349150

Опубликовано Kun.uz Суббота, 4 апреля 2020 г.

Nazarbekovning ma’lum qilishicha, qo‘shiqni kuylash g‘oyasi karantin e’lon qilinganining ilk kunlaridayoq paydo bo‘lgan.
«Butun dunyoga balo kelishi bejiz emas: odamzod o‘zligini unutib qo‘ygan. Yer kurrasida insoniylik fazilatlari, qadriyat va sof munosabatlar unutilib, insoniyat nasliga bo‘lgan tajovuzlar kuzatilmoqda. Shularni o‘ylab, virusning tarqalishi insonlarga, bizga, tafakkur etishimiz uchun yana bir imkon ekaniga amin bo‘ldi», - dedi vazir Nazarbekov.

Ozodbek Nazarbekovning fikricha, virusga qarshi kurash choralari ham poklikka ishora qilmoqda. Pandemiyadan qutilishning chorasi ham shu.
«E’tibor qilsangiz, virus bizdan pok yurishni talab qilyapti. Demak, biz ham jismonan, ham ruhan poklikka intilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilgan u.

Vazir ushbu fikrlarni shoir Botir Ergashevga bildirgan. Shoir so‘zlari bilan musiqachi Nodirbek Umarov va Aziz Holmurodovga murojaat qilingan.
«Nazarimda, insoniyatni iltijo qutqaradigandek, odamzod esa ojiz bo‘lib qoldi. Dunyo ustunlari sanalgan bir qator rivojlangan davlatlar ham virus xavfi oldida ojizligini ko‘rsatdi. Shuning uchun qo‘shiq ohangida ham iltijo bo‘lishi kerak, degan fikrga keldik», - deya qo‘shiqning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi u.

Vazir poklik virusdan qutqaradi, deya, karantin qoidalariga rioya qilmayotganlar esa yaqinlari sog‘lig‘ini ham xavf ostiga qo‘yishini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 127
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 59
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 585
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 92
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 026
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 11
  • Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi 18 мая, 09:26 15
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 19
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 40
  • Yevropa hududida Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlari taqiqlandi 18 мая, 07:43 22
  • Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish 18 мая, 07:19 105
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 86
  • Berlindagi Apple do‘koniga qizil bo‘yoq sepib ketishdi 18 мая, 06:42 52
  • AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saudiya Arabistoni va Isroilga boradi 18 мая, 06:00 21
  • Ukraina raketalari Qrimda turgan Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qildi 18 мая, 00:41 317
  • O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda 18 мая, 00:24 137
  • Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi 18 мая, 00:15 87
  • Bo‘limlar