“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:51
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov: «San’atkorlar salbiy fikrga loyiq emas. Men ularni himoya qilaman»

04 apr, 18:17 3 773 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov: «San’atkorlar salbiy fikrga loyiq emas. Men ularni himoya qilaman» O‘zbekiston Madaniyat vaziri O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida san’atkorlar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlari haqidagi savolga javob berdi.

Bundan qariyb 10 kun avval “O‘zbekkonsert” rahbari bilan birga ijtimoiy harakatni boshlab, san’atkorlarning fikrini bilishga kirishganimizda ularning ko‘pchiligidan “biz kiyimlarimiz, avtomobillarimiz, qo‘shiqlarimizni ko‘z-ko‘z qilganmiz, keling xayriyani ko‘z-ko‘z qilmaylik. Bu PR qilyapti degan narsa bo‘lmasin, bu yaratgan bilan bandasi o‘rtasidagi munosabat” degan fikrni bildirishdi. Ularning ko‘pchiligidan bunday munosabatni olganda men juda xursand bo‘ldim. Bu tahsinga sazovor holat. So‘nggi vaqtdagi e’tirozlar, haqoratomuz darajadagi so‘zlar majbur qildiki, “O‘zbekkonsert” muassasasi san’atkorlarning xayriyasi [haqidagi ma’lumotlarni] e’lon qila boshladi”, - dedi Ozodbek Nazarbekov.

Uning ma’lum qilishicha, ayrim san’atkorlar o‘zlari tomonidan qilingan xayriyalarni oshkor etilishini istamaydi.
Shu holatdan ham norozi san’atkorlar bor.“Mayli, nima bo‘lganda ham, kim nima desa ham mening nomim aytilib, salbiy fikrlar bildirilsa ham, [xayriya borasida] nomimni oshkor qilmanglar degan san’atkorlar ham bor”, - dedi Nazarbekov.

Uning ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlarga nisbatan salbiy fikr bildiruvchilar haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
Shunday kichik qatlam bor. Xotini bilan urishib qolsa ham, ko‘chada ishi yurishmasa ham san’atkordan alamini oladiganlar bor. San’atkorning biror bir postini ko‘rsa, uning tagiga salbiy fikrini yozib qo‘yadi.

Buning sababi nimada? San’atkorlar shunga loyiq ish qildimi deydigan bo‘lsak, u holda nima uchun shifokorlar kaltaklandi? Shuning uchun san’atkorlarning o‘zi shunga
[ana shunday munosabatga] 100 foiz loyiq degan fikrdan yiroqman. Men san’atkorlarni himoya qilaman.

Bunday holatga kelishiga sabab – o‘sha tosh otayotgan odam biladiki, buning javobgarligi yo‘q. Bu mashhur odamga e’tiroz, haqoratomuz so‘z aytish bilan katta ish qildim degan hisni beradi. Bunga hech qanday jazo berilmaydi. Ana shu narsa kichkinagina g‘alamis qatlamni shu ishga o‘rgatib qo‘ydi. Lekin ko‘rmasdan, bilmasdan, eshitmasdan hamma san’atkorlarga salbiy baho berish noto‘g‘ri
”, - dedi Madaniyat vaziri.
Ozodbek Nazarbekov, xayriya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 161
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar