“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:44
ЎЗO‘Z

Jahongir Qosimovning «Ibrat» tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)

31 mar, 16:33 5 511 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Qosimovning «Ibrat» tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video) Foto: YouTube
Rejissyor Jahongir Qosimov shoir va o‘zbek ma’rifatparvari Isxoqxon Ibrat hayotiga bag‘ishlangan film ishladi.
«Ibrat» filmi real voqealar asosida suratga olingan bo‘lib, unda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Saidkomil Umarov, Erkin Komilov, Behzod Muhammadkarimov, Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Zulhumor Mo‘minova hamda Akbarxo‘ja Rasulov kabi mahoratli aktyorlar turli obrazlarni gavdalantirgan.

Filmning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 1862 yil Qo‘qon xonligidagi Namangandan uzoq bo‘lmagan To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan Isxoqxon To‘ra Junaydullo xo‘ja o‘g‘li – jadidchi, yozuvchi, tarjimon-poliglot, tarixshunos bo‘lgan. U sakkizta tilda so‘zlasha olgan.

O‘zining asarlarida Ibrat xalqini o‘qimishli va ma’naviyatli ko‘rishni istagan. Ibrat ko‘plab ilmiy, tarixiy va tilshunoslikka oid kitoblar yozadi. Ular orasida «Tarixi Farg‘ona» («Farg‘ona tarixi»), «Tarixi madaniyat» («Tarix madaniyati»), «Mezon uz-zamon» («Zamonlar batafsil»), «Zabonxoi sharq» («Sharq tillari») va boshqa kitoblari ayniqsa mashhur bo‘lgan.

1920 yil oxiri, 1930 yil boshlarida u davlat lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1935 yil Isxoqxon Ibrat barcha lavozimlardan ozod etiladi va unga maktablarda dars berish taqiqlanadi. 1937 yil u «sovetga qarshi targ‘ibot»da ayblanib, hibsga olinadi va qamaladi. Shu yilning aprel oyida Andijondagi qamoqda vafot etadi, uning yoshi 75 da edi. Isxoqxon Ibratning dafn etilgan joyi hanuz noma’lum.
Jahongir Qosimov, Ibrat, tarixiy film, treyler




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 46
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 602
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 514
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar