“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:35
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan «Sevgi iztirobi» seriali yana namoyish etiladi

29 mar, 17:10 5 487 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan «Sevgi iztirobi» seriali yana namoyish etiladi Foto: Habertürk
Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning «Sevgi iztirobi» («Kara sevda») seriali tez kunda Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

«Sevgi iztirobi» Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017 yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.

2018 yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Sevgi iztirobi» serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Foto: Habertürk
Zo‘r TV telekanali 2019 yil iyul oyida «Sevgi iztirobi» efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30 iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.
Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

Ma’lumot uchun, «Kara sevda» seriali Turkiyada 2015 yildan 2017 yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017 yilda «Yilning eng yaxshi telenovellasi» nominatsiyasida «Emmi» mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi.
Sevgi iztirobi, namoyish, serial




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar