“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:15
ЎЗO‘Z

Sarvar Karimov «Sarvqomat dilbarim»dagi o‘pishish sahnasi kesib tashlangani uchun «Milliy TV»ni sudga bermoqchi

21 mar, 18:51 7 522 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sarvar Karimov «Sarvqomat dilbarim»dagi o‘pishish sahnasi kesib tashlangani uchun «Milliy TV»ni sudga bermoqchi Kadr: «Sarvqomat dilbarim»
Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida o‘zbekistonlik rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan film 20 mart kuni «Milliy TV» telekanali orqali efirga uzatildi. Sarvar Karimov efirga uzatilgan filmning eng muhim qismlari — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasi kesib tashlanganidan noroziligini bildirib, bayramdan so‘ng telekanalni sudga berishini ma’lum qildi.

- Qadrli «Milliy TV» telekanalining ayrim ijodkorlari. Sizlarni ilgari ham unchalik qattiq yaxshi ko‘rmasdim-u, kechagi ishingizdan keyin umuman yomon ko‘rib qoldim. Telekanalingizni butun ijodiy jamoamiz bilan yomon ko‘ramiz. Magazinchi G‘aybulla ham sizlarni yoqtirmaydi, o‘zi aytdi menga.

Kecha, ya’ni 2020 yil 20 mart soat 22:00 da men rejissyorlik qilgan «Sarvqomat dilbarim» filmi telekanalingizda efirga uzatildi. Uyalmasdan, mendan ruxsat so‘ramasdan, bir og‘iz maslahatlashmasdan filmning eng muhim sahnalaridan biri bo‘lmish — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasini kesib tashlabsizlar. Avvalambor, bu sahna syujet uchun o‘ta muhim. Qolaversa, aynan shu sahnada filmning g‘oyasiga xizmat qiluvchi kiyik obrazi ilk bora tomoshabin ko‘z oldida gavdalanardi. Bu kiyik metafora bo‘lib, baxt timsolini o‘zida ifoda etadi. Afsuski, sizlar metafora nima ekanini tushunmasangiz kerak. Aks holda uni kesib, yo‘q qilib tashlashga vijdoningiz yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.

Shu o‘rinda sizlarga savol bermoqchi edim: nahotki odam shu qadar qo‘rqoq bo‘lishi mumkin? Ikki odam kadrda o‘pishsa – musaffo osmonimiz uzilib qaro yerga qulab tushadimi? Yoki o‘zbek o‘pishmaydimi? Yoki bu filmda uydan qochib, ko‘cha-kuyda o‘pishib yurish targ‘ib qilinganmi? Filmni o‘zi ko‘rayotganda mundoq umumiy ma’no-mazmuniga ham ahamiyat berasizlarmi? Yoki aql-u farosatingiz faqatgina asarni alohida-alohida kadr darajasida ko‘rishdan uyog‘iga o‘tmaydimi?

Filmning boshida katta qilib 16+ deb yozilgan bo‘lsa, jonivor kechasi 22:00 dan keyin berilayotagan bo‘lsa – nima muammo? Qolaversa, kinoni men tasvirga olganman, «O‘zbekkino» Milliy agentligi badiiy kengashi tasdiqlagan, shu sahnasi bilan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya kinoteatrlari namoyish etgan, festival va tanlovlarda qatnashgan. Shunday ekan, siz nimadan qo‘rqasiz? Gap tegsa – menga tegadi, «O‘zbekkino»ga tegadi-ku! Sizlarga tegmaydi.

Tegsa ham, «Ana, rejissyordan so‘ranglar nega bunaqa uyatsiz kino olganini. Bizga «O‘zbekkino» berdi kinoni, biz qo‘ydik», desangiz ham bo‘ladi-ku?! Nega bu qadar qo‘rqoqsiz? Nega bu qadar kalta o‘ylaysiz? Qilayotgan ishingizdan o‘zingiz uyalmaysizmi? Nahotki bir umr qo‘rqib, qaltirab, ikki pullik ishingizdan ayrilib qolish vahimasi bilan yashab, o‘lib ketaverasizlar? Siz ham odamsiz-ku, qul emas.

Ongli mavjudotsiz-ku. Miya nimaga berilgan o‘zi? O‘pishish sahnasi «O‘tkan kunlar»da ham, «Shum bola»da ham bor-ku. Yoki bu filmlar ham uyatsizmi? Yoki Chingiz Aytmatov yomon yozuvchimi, uyatsiz, ma’naviyatsiz asarlar yozganmi? Kesmasangiz — dunyo ostin-ustun bo‘lib ketar ekan, men bilan aloqaga chiqib, bir og‘iz maslahatlashsangiz bo‘lmasdimi?

Bundan tashqari Ilyosning «Ilhom» teatrida foye bo‘ylab yurish sahnasini ham kesibsizlar. Chunki devorda rassom Sardor Erkinovning «Metamorfozalar» turkum kartinalari ilingan edi. Yarim yalong‘och erkak va ayollarni ko‘rib, qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz kerak-da. Shu sahna efirdan ketsa – o‘zbek millati parokanda bo‘lib, yoshlarimiz yoppasiga uyatsiz bo‘lib ketadi-ku axir, to‘g‘rimi?

Ammo eng achinarlisi – film yakunidagi titrlarni ham butkul kesib tashlabsizlar. Ya’ni bu bilan film uchun bir yil fidokorona xizmat qilgan yuz kishiga yaqin jamoaning mehnatini sariq chaqaga ilmagansizlar. Ilgari titrni yashin tezligida o‘tkazib yuborardingiz. Bunisiga ko‘nikkan edik. Efir vaqti falon pul, buni biz ham tushunamiz. Ammo yakuniy titrni butkul kesib tashlash – qip-qizil surbetlik emasmi?

Xullas, men sizlardan xafaman va dushanba kuni yaxshi niyat bilan advokat yo‘llab, telekanalingizni sudga beraman. Zora, shu insedentdan keyin qolgan telekanallarimizga ham insof tegib qolar va oz bo‘lsa-da, kinoijodkorlarning mehnatini qadrlashni o‘rganishar. Lekin sizlarni bari-bir yomon ko‘raman. O‘zingizni o‘zingiz ham yomon ko‘rsangiz kerak. Tag‘in bilmadim...

Navro‘z bayrami bilan ham tabriklamayman sizlarni. Sizlar – yomon odamsizlar!
, - kinorejissyor Sarvar Karimov.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkino» Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida «Uy kinoteatri» aksiyasini amalga oshirmoqda. «O‘zbekkino» telekanallarga taqdimoti yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 30 ta yangi filmni taqdim etgan. Ular orasida «Sarvqomat dilbarim» «Qo‘qon shamoli», «Avloniy», «Birinchi avgust» va boshqalar bor.
Sarvar Karimov, Sarvqomat dilbarim, o‘pishish sahnasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 133
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar