“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:26
ЎЗO‘Z

Yulduz Usmonova o‘ziga taqlid qilayotgan erkaklarni besoqolbozlar deb atadi (video)

21 mar, 00:30 7 669 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduz Usmonova o‘ziga taqlid qilayotgan erkaklarni besoqolbozlar deb atadi (video) Foto: Instagram/@yulduzusmonovaibragimovna
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘ziga taqlid qilib, unga o‘xshab kiyinib, to‘ylarda uning nomidan qo‘shiq kuylayotgan erkaklarga videomurojaat yo‘lladi.

«Anavi gey (besoqolboz) bolalarga shu paytgacha indamay kelayotgandim, mayli, qo‘shiq aytib tirikchilik qilayotgandir, ota-onasini boqayotgandir, deb. Lekin jonimga tegdi, bunaqa qilmalaring. O‘zi asli koronavirus o‘shalar, davo yo‘q bularga. Yulduz Usmonova deb, o‘shalarni qishloqlarga ham olib borishyapti, nima qilasizlar o‘zinglarni aldab? Yulduz Usmonova uch tiyinga bormaydi-ku, Yulduz Usmonova sizlarning obro‘laring, sizlarning dardlaring. Uni olib borib, o‘zlaringni o‘zlaring masxaraboz bilan xursand qilyapsizlar.

Xezalaklar, ashula aytishni yig‘ishtiringlar! Xezalakmisan, xezalakligingni qil, nima qilasan ashula aytib, Yulduz Usmonovani yoqib olib? Mening achchig‘im chiqyapti, bu haqoratga kirmaydi, sizlar meni haqorat qilyapsizlar», — deydi Yulduz Usmonova.

«Bularni yo‘qotish kerak, kelinglar, o‘zimiz shu xezalaklarni yo‘qotaylik. O‘zimiz jamiyatda ularni qo‘llab-quvvatlab, qo‘liga pul berib, kulib o‘tiradigan bo‘lsak, bunaqalar ko‘payadi. Yigit yigitligicha qolsin, qiz qizligicha qolsin. Meni majbur qilmanglar, agar rostakamiga urush ochsam, yomon bo‘ladi, shuning uchun, yig‘ishtiringlar», — deya so‘zlarini davom ettiradi Yulduz Usmonova.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Tojikistonda soxta Yulduz Usmonova konsert bergani haqida xabar berilgan edi. Soxta konsertni tashkil qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

«Peshonamizga koronavirusdan o‘lish yozilgan bo‘lsa, taqdirdan qochib qutula olmaymiz». O‘zbek shou-biznesi vakillari odamlarni vahima qilmaslikka chaqirmoqda
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, besoqolbozlik, ya’ni erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yulduz Usmonova, taqlid




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 130
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 222
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar