“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:25
ЎЗO‘Z

Coldplay guruhi yakkaxoni Kris Martin uyida konsert berdi (video)

19 mar, 00:13 3 699 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Coldplay guruhi yakkaxoni Kris Martin uyida konsert berdi (video) Foto: «TASS»
Britaniyaning Coldplay guruhi a’zolari, jumladan uning yetakchisi Kris Martin koronavirus pandemiyasi tufayli uyda o‘tiribdi, deb yozadi Meduza.

Biroq karantin konsert bermaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun akustik gitara va pianino bilan qurollangan Martin Instagram orqali muxlislariga konsert berdi.

Xonanda mini-konsertda muxlislar buyurtmasiga ko‘ra qo‘shiqlar ijro etdi. Jonli efirda u Coldplay’ning «Green Eyes», «Yellow», «Viva La Vida» qo‘shiqlarini kuyladi. Shuningdek Martin Devid Bouining «Life on Mars» qo‘shig‘ining kaver-versiyasini ham ijro etgan.

Translyatsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Global Citizen xayriya festivali tomonidan tashkil etilgan «Together, at Home» («Birgalikda, uyda») aksiyasi doirasida efirga uzatildi.

Bu koronavirusga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasining bir qismi. Tashkilotchilar aprel oyining oxiriga qadar 675 million dollar yig‘ishni rejalashtirmoqda.

Keyingi onlayn konsertni amerikalik xonanda Jon Lejend beradi.

Avvalroq Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmagani, shuningdek AQSHning barcha shtatlarida ushbu infeksiyani yuqtirish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Bir necha taniqli aktyorlarda ham ushbu kasallik aniqlandi.

Xususan, aktyor Tom Xenks va uning rafiqasida, «Taxtlar o‘yini» yulduzi Kristofer Xivyuda, britaniyalik aktyor Idris Elba hamda aktrisa Olga Kurilenkoda ham koronavirus aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar