“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:05
ЎЗO‘Z

«Jaloliddin Manguberdi» seriali turklar tomonidan suratga olinishiga izoh berildi

11 mar, 07:50 5 401 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Jaloliddin Manguberdi» seriali turklar tomonidan suratga olinishiga izoh berildi Ma’lum bo‘lishicha, bosh rollarni turk aktyorlari ijro etadi. O‘zbek aktyorlari esa qo‘shimcha epizodlarda ko‘rinish beradi.
Asar nega turk ijodkorlari tomonidan ishlanyapti, unda nima uchun o‘zbek aktyorlari bosh rolda emas, degan savollarga 10 mart kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda serial bosh maslahatchisi Boboxon Muhammad Sharif javob berdi.

Uning aytishicha, o‘zbek aktyorlari orasida iste’dodlilari bor, «lekin hali kino sohamiz bunga tayyor emas».
Shuningdek, o‘zbek kinosi «ba’zi sahna ko‘rinishlariga ishlov berishda yetarli tajribaga ega emas».

Boboxon Muhammad Sharif / Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Serial hujjatli film emas, balki badiiy film tarzida ishlanadi.
«Avvalo, nima uchun bu film kerak bo‘lib qoldi, degan savolga javob berish zarur. Jaloliddin Manguberdi kim edi? Buni film qilishdan xalqqa nima beramiz?
Bu inson – butun jahonga mashhur shaxs. U vatanparvar. Chingizxon hukmdor bo‘lish uchun kurashgan bo‘lsa, Jaloliddin vatanini himoya qilish uchun kurashgan.

130 yil davomida boshqinchilar zulmi ostida yashaganmiz. Milliy g‘ururimiz toptalgan. Bu film orqali biz o‘sha vatanparvarlik ruhini qaytarmoqchimiz.
Film 26 qismdan iborat bo‘ladi. Biroq hozircha biz uning 13 qismini yaratish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz
», – dedi Boboxon Muhammad Sharif.

Film Turkiyada ishlanishi va suratga olinishi uchun jami 7 mln. dollar ajratilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda, shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
«Albatta, bu ishning ham o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Asosiy maqsad –nafaqat xalqimiz ongida, balki jahon hamjamiyatiga Sulton Jaloliddin Manguberdi qiyofasini namoyish etish.

Tashkiliy masalalar allaqachon hal bo‘lgan. Lekin bir masala bizlarni o‘ylantirmoqda. Ko‘pgina olim va adabiyotshunoslar bilan maslahatlashib ko‘rdim. Ularning ko‘pchiligi faqatgina shaklga e’tibor qaratish uchun harakat qilishayotgandek, nazarimda. Maqsad bu emas. Nega deganda, biz bugun sahnalashtirmoqchi bo‘lgan ushbu film XIII asr kishisi uchun yaratilmaydi. U bugungi tomoshabin qarashiga mos bo‘lishi zarur.

Ko‘plar ssenariyni ko‘rmasdan, oldimizga qanday maqsadni qo‘yganimizni bilmasdan turib, har xil ig‘vo gaplarni qilib yuribdi. Bizni hech kim chetdan turib tanqid qilmaydi, qilolmaydi ham. O‘zimizni o‘zimiz yemiramiz, bu esa yomon. Bir-birimizga ko‘mak bo‘lishimiz lozim
», dedi Madaniyat vaziri.
Jaloliddin Manguberdi, serial




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 34
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 160
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar