“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:07
ЎЗO‘Z

Sharof Boshbekov: Kinochilarning deyarli barchasi «lo‘li» ekan

05 mar, 12:00 6 065 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sharof Boshbekov: Kinochilarning deyarli barchasi «lo‘li» ekan Foto:«Xurshid Davron kutubxonasi»
Taniqli yozuvchi, madaniyat arbobi Sharof Boshbekov adabiy til, uning kinoda ishlatilishi va shevalar bo‘yicha kinoijodkorlari, telekanallarga murojaat qildi.

«Men ijodiy hayotimda bir martagina «O‘zbektelefilm» suratga olingan «Charxpalak» serialidagi lo‘li Maryam obrazini yozishda «san»-«man»ni ishlatganman. Aks holda u lo‘li bo‘lmasdi. Kuzatishlarimga qaraganda, kino ijodkorlari, namoyish etishga ruxsat beradigan mutasaddilar, badiiy kengash a’zolarining deyarli barchasi «lo‘li» ekan! Ular orasida bironta o‘zbek bo‘lganida «Ey, o‘rtoqlar, adabiy o‘zbek tilida bunda olmosh yo‘q-ku! «Sen»- «men» degan olmoshlar bor!» degan bo‘lardi.

G‘afur G‘ulom kundalik turmushda «san»-«man» deb so‘zlashgan, ammo yozishga kelganda «Sen yetim emassan», «Men – yahudiyman!» deb yozganlar. So‘zning hurmati tor mahalliychilik manfaatidan ustun turgan. «San»-«man» so‘zlashuv jarayonda og‘ir botmaydi, lekin sahnadan, ekrandan eshitilsa quloqni qirib o‘tib ketadi.

Men «O‘zbektelefilm»da, keyinchalik «O‘zbekkino»da badiiy kengash a’zosi bo‘lganman. Atrofimdagi safdoshlarimga qarab hayron bo‘lardim: o‘zbek kinosining kuni shularga qoldimi? To‘g‘ri, ularning orasida kinomiz rivoji yo‘lidan sochi oqargan, butun umrini shu sohaga bag‘ishlagan oqsoqol ijodkorlarlar ham bor edi. Lekin aksariyati pasportida «o‘zbek» deb yozilgan esa-da, millati mavhum shaxslar bo‘lgan. Ular uchun «millat», «til», «milliy g‘urur» degan tushunchalar, o‘zlarining tili bilan aytganda – «do lampochki». «O‘zbek» degan so‘z «qoloq» degan so‘z bilan barobar turar edi.

Eng sharmandali joyi shundaki, otasi (maktab ko‘rgan keksa aktyor) «sen» deb gapiradi, o‘g‘li yoki qizi (maktab ko‘rmagan «umurtqasiz» aktyor) «san»-«man»laydi. Bitta qishloqda yashayotgan aholining yarmi «san»laydi, yarmi «men» deydi.

Televideniye rejissyori G‘ayrat Ubaydullayev bir ibratli voqeani gapirib bergan edilar. Bir kuni televideniye rahbariyati menga SSSR xalq artisti, san’atimiz darg‘alaridan biri Shukur Burxonov haqida ko‘rsatuv tayyorlash vazifasini yukladi. Suratga olyapmiz. Mening ishoram bilan barcha texnika ishga tushdi.

Shukur akaning guldirak ovozi hamma yoqni tutib ketdi:
- Men 50 yildan ortiq umrimni o‘zbek san’atiga bag‘ishladim...

Men, kaltafahm, «men» degan so‘zni nihoyatda rasmiy ma’noda tushunib:
- Shukur aka, o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, xuddi uyingizdagidek yoki choyxonada o‘tirgandek, «san»-«man» deyvering.

Shukur akaning ovozi momaqaldiroqday gumbirladi:
- Men forsiyda gapirayotganim yo‘q, «man»-«san» desam! Eshitgan odam aytmaydimi, «Qarigan chog‘ida Shukur Burxonning tomi ketib qolibdi» deb?

Bu ham so‘z hurmati! Afsuski bu so‘zlar ssenariydan tashqari bo‘lgani uchun yozuvda saqlanib qolmagan. Yo‘qsa «tomi ketganlar» uchun buyuk san’atkordan buyuk saboq bo‘lib qolardi.

Badiiy kengashlar «lo‘licha» olmoshlar ishlatilgan kartina, seriallarni boshqatdan ovozlashtirish uchun qaytarsa, film ijodkorlari mulla mingan eshakday muloyim tortib qolishadi. Chunki qayta ovozlashtirish katta xarajatlar talab etadi.

Ushbu fikrlardan to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa, «lo‘li» so‘zini qo‘shtirnoqsiz ishlatishga to‘g‘ri keladi...
lo‘li, sheva, man, san




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar