“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:21
ЎЗO‘Z

Anvar Sanayev — Uch yillik ikkinchi «zapret»ga Yulduz Usmonova sabab bo‘lgan (video)

25 fev, 19:01 13 481 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anvar Sanayev — Uch yillik ikkinchi «zapret»ga Yulduz Usmonova sabab bo‘lgan (video) Foto: «Daryo»
Xonanda Anvar Sanayev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Anvar Sanayev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sabab ikkinchi marta — uch yil «zapret»da yurgani haqida gapirib berdi.

- Birinchi ‘zapret’dan qutulib, albomlar taqdim qildim. Konsertlar bo‘lib o‘tdi, keyin suhbatga chaqirishlar boshlandi. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosiga suhbatga bordim. ‘Zapret'ga tushishimdan oldin O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bir suhbatida meni maqtadilar. Ularning so‘zlaridan keyin muxlislar orasida yanada hurmatim oshib ketdi, ungacha ular bilan shaxsan tanish emas edim.

Yulduz Usmonovaga minnatdorchilik bildirish uchun konsertlariga katta gul ko‘tarib bordim. ‘Yulduz opa, obro‘yimni ko‘tardingiz, men uchun bu juda katta gap’ deganimda ular ‘Men suhbatda to‘g‘risini aytganman, haqiqatdan ham yaxshi ijod qilyapsiz’ degandilar.

"O‘zbegim taronasi"dagi suhbatda "Qaysi ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini yoqtirasiz?" degan savol bo‘ldi. Men Yulduz Usmonovani juda ham hurmat qilishimni, ulardek bo‘lishni har bitta qo‘shiqchi orzu qilishini aytdim. Bu inson ‘O‘zbekiston nomini chet ellarda eslatib turadi, konsertlari tufayli Yulduz Usmonova deyishganda O‘zbekiston ham chet elliklarning ko‘z oldiga keladi’ deganman. Suhbatdan chiqishim bilan hali uyga yetib bormasimdan, yo‘lda telefon bo‘lib ‘Senga ‘zapret’ keldi. Suhbatda Yulduz Usmonova haqida nima degan eding?’ deyishdi.

Shu sabab bo‘lib yana uch yil ‘zapret’da yurdim. O‘sha vaqtda Yulduz Usmonova ham ‘zapret’da ekan, ularni maqtaganim uchun meni ham ‘zapret’ga tiqishgan ekan, - deydi Anvar Sanayev.

Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSH, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 72
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar