“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:50
ЎЗO‘Z

Anvar Sanayev — Besh yillik birinchi «zapret» amaldorning to‘yi bilan bog‘liq (video)

24 fev, 21:33 8 321 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anvar Sanayev — Besh yillik birinchi «zapret» amaldorning to‘yi bilan bog‘liq (video) Xonanda Anvar Sanayev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Anvar Sanayev Buxoroga «kattakon» amaldorning xizmatiga tekinga bormagani uchun besh yil davomida «zapret»da yurgani haqida gapirib berdi.

- Hozir ochiqchasiga aytib beraman, chunki bu savol faqat ichimizda bo‘lib kelgan. Davr shunaqa edi, o‘tgan davrda bunaqa narsalarni gapirib bo‘lmas edi. Gapirsang yana bitta ‘zapret’ga uchrar eding. Hozirgi vaqtda Prezidentimizga rahmat, boshlari omon bo‘lsin, mana ochiq gapira oladigan zamonlar keldi, ming shukr.

Davlat rahbarlaridan bittasini to‘yiga aytishdi. ‘Buxoroga borib o‘sha to‘yni o‘tkazib kelasan’, deyishdi. ‘Mayli, harakat qilamiz’, dedim. ‘Bu uchun senga hech qanaqa pul to‘lanmaydi, o‘zing borib, o‘tkazib, o‘zing qaytib kelasan’ deyishdi. ‘Qanaqasiga, men yonimdagi bolalarga ham o‘zim pul to‘larkanmanda’, desam, ‘ha, shunday qilasan’, deyishdi. Bir katta odam shu gapni aytdi, hozir u kishini nomini aytsam, xafa bo‘lib qolishlari mumkin, ularda ham oila, bola-chaqa bor, shuning uchun nomini aytmaganim ma’qul.

‘Hech bo‘lmasa samolyotga bilet qilib berishsin, biz borib, xizmat qilib kelaylik, mayli pul berilmasa berilmasin, rahbar ekan’ dedim. ‘Yo‘q, unday qilinmaydi, o‘zing borib kelasan’, deyishdi.

To‘y bo‘lish sanasini uch oy oldindan aytishgan edi, belgilab qo‘ygandim. To‘yga yaqin qolganda ‘ertaga to‘yga borish kerak’, deyishdi, ‘hech bo‘lmasa borib-kelishga texnikani qilib berishsin, o‘sha to‘yni deb boshqa to‘y olmaganman, shunchalik kerak ekanman boraman’, dedim. ‘Hech qanday texnika qilib berilmaydi, xohlasang ikkita ‘Jiguli’ qilib beramiz’, deb pastga urishyapti, yo‘l uzoq. ‘Hech bo‘lmasa samolyot qilib berishsa boramiz’, dedim. ‘O‘zing bilasan, lekin senga yaxshi bo‘lmaydi’, deyishdi. ‘Mayli boshga kelganini ko‘ramiz’, dedim.

Ertasi kuni televideniyedan tel qilib, ‘nima ish qilgan eding, bizga seni isming bilan ‘zapret’ degan narsa keldi. Jiddiy odamlar ekan, rahbarlardan, maslahatchilardan ekan, o‘ziga hech narsa demanglar deyildi’, dedi. Shu bilan besh yil hech qayerga chiqa olmadim. Hammaga og‘zaki aytib qo‘yilgan. Shu besh yil ichida hamma ‘nega ko‘rinmayapsiz, efirga chiqmayapsiz’, deb so‘rashadi. Tushuntirishga, gapirishga ruxsat yo‘q. Hech kimga hech narsa deya olmaysiz.

Bir insonga havoni to‘xtatib qo‘yishsa qanday bo‘ladigan bo‘lsa, san’atkorga ham efir shu darajada kerakli vaqtlar edi o‘shanda. Internet yo‘q, telekanallar sanoqli edi. Shunaqa davrlar edi. Birinchi «zapret»im besh yil davom etgan, - deydi Anvar Sanayev.

Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSH, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 72
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar