“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar YouTube’da kuniga o‘rtacha qancha video ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

22 fev, 23:35 4 009 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar YouTube’da kuniga o‘rtacha qancha video ko‘rishi ma’lum bo‘ldi YouTube videoxostingida O‘zbekiston aholisi har oy 100 million martadan ortiq ko‘rishlarni amalga oshiradi. Bu haqda YouTube’ning Markaziy Osiyodagi rasmiy hamkori Genesis YouTube Central Asia rahbari Samson Bezmyatejniy ma’lum qildi.

Videoservis mamlakatdagi eng ommaviy saytlar orasida 10-o‘rinda turadi. Bu internet qimmatligi sabab odamlar saytga kirishga qo‘rqishi bilan izohlandi. Auditoriyani baholashda O‘zbekistonning Rossiya va boshqa davlatlardagi fuqarolari ham hisobga olingan.

«O‘zbekistonning o‘zida foydalanuvchilar soni u qadar ko‘p emas — 25 foiz, bu esa oyiga 25 million marta ko‘rish demakdir», — deydi Bezmyatejniy.

O‘rtacha statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonlik foydalanuvchi kuniga beshta rolik ko‘radi. Davomiyligi — kuniga 20 daqiqa. Foydalanuvchilarning asosiy qismini (70 foiz) erkaklar tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari asosan mobil qurilmalardan (72 foiz) kiradi, ikkinchi o‘rinda — kompyuterlar turadi (24 foiz).

Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda ikkinchi o‘rinda Smart TV turadi (20 foiz — oyiga 2,5 million odam). Qozog‘istonliklar uchun YouTube standart televideniyening o‘rnini egallagan.

Umumiy auditoriyaning 38 foizini 25—34 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar tashkil etadi.
AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 20 fevral kuni O‘zbekistonda 2020 yilda internet tezligi 10 barobar oshishini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 47
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 603
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 518
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar