“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:01
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov: Nega ular Bahouddin Naqshband va Imom al-Buxoriy ziyoratiga kelishmaydi?

20 fev, 16:10 5 095 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov: Nega ular Bahouddin Naqshband va Imom al-Buxoriy ziyoratiga kelishmaydi? Bugun Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «Buxoro – 2020 yilda islom olami madaniyati poytaxti» tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida AYSЕSKO delegatsiyasi tarkibi – Rixiati Salix Najib (AYSЕSKO Bosh direktori o‘rinbosari, Madaniyat yo‘nalishi boshlig‘i), Benarafa Abdel Illax (direktor maslahatchisi), Chebbi Bilal (Madaniyat dasturi mutaxassisi)lar bilan uchrashdi.

Vazirlik tomonidan iliq qarshi olingan mehmonlar dastlab Buxoro haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
«Buxoroda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda AYSЕSKO bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, – deydi o‘z o‘rnida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham. – Bu islom sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan makon sifatida to‘g‘ri tanlov deb o‘ylayman. Faxrlanib aytamanki, O‘zbekistonning har bir hududida islom taraqqiyotiga xizmati singgan ajdodlarimiz bor. Bu kabi tadbirlar keyingi Xalqaro anjumanlarga yo‘l ochadi».

Shuningdek, vazir mavjud muammolarga to‘xtalishni ham joiz bildi.
«Madaniyat vaziri sifatida ba’zi masalalar meni qoniqtirmaydi, – deydi u kuyunib. – Masalan, butun dunyo bo‘yicha bir yarim milliarddan ortiq musulmonlar bor. Biroq ularning bir foizi ham Bahouddin Naqshband va Imom al-Buxoriy ziyoratiga kelmaydi.

Menimcha, bu bizning aybimiz. Chunki media materiallarning tayyorlanishi juda sust yoki sifatsiz. Misol uchun, Islom taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimizning bolaliklari haqida multfilmlar yaratilmagan. Yana yosh avlod vakillari uchun hech qanday kinofilmlarning yo‘qligi ham meni tashvishga soladi. Bu kabi masalalar nafaqat O‘zbekiston, balki Islom tashkilotlarining ham zimmasidagi mas’uliyat deb o‘ylayman
».

Bu takliflardan ta’sirlangan mehmonlar ham fikrlari bir joydan chiqqanidan xursand ekanliklarini bildirishdi.
«Sizning taklifingiz va kelajakni ko‘ra olishingiz, masalaga yondoshuvingiz tashkilotimiz bosh direktori bilan juda o‘xshash ekan» – dedi AYSЕSKO Bosh direktori o‘rinbosari Rixiati Salix Najib. – Direktorimiz tashkilot nomini Islom olami markazi deb e’lon qilgani ortidan bugungi kunda islomiy bo‘lmagan davlatlar ham tashkilotimizga a’zo. U orqali ko‘plab musulmonlarning Buxoroga tashrif buyurishiga zamin yarata olamiz va bu albatta o‘z natijasini beradi».

Uchrashuvda har ikki tomon takliflari tinglandi. Madaniyat vazirligi hamda AYSЕSKO Xalqaro tashkiloti o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 30
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 61
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar