“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:38
ЎЗO‘Z

Prezident O‘zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

05 fev, 12:17 4 016 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident O‘zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi O‘zbekistonda raqs san’ati sohasida olib borilayotgan siyosat tubdan yangilanadi. Bu haqda "Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etilmoqda. Raqs san’atiga iqtidori bo‘lgan yoshlarni joylarda saralab olish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantiriladi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi; o‘qishga qabul ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarga 1-sinfdan, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 1 va 5-sinflardan amalga oshiriladi.

Prezident bir nechta amaldorlarga qaror ijrosini ta’minlashni topshirgan.

Xususan, O‘zbekiston Moliya vazirligi akademiyaga 50 o‘rinli avtobus xaridi uchun budjetdan mablag‘ ajratishi; O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov – belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib, Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritish vazifalari yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 66
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 163
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar