“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:37
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov: «Yoshlar tezroq pasport olsamu, Rossiyaga ketsam, deydi»

05 fev, 00:06 4 579 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov: «Yoshlar tezroq pasport olsamu, Rossiyaga ketsam, deydi» Foto: Behzod Abdujabborov / Madaniyat vazirligi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun OAV xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda vazir madaniyat sohasidagi muammolarga to‘xtalib, ularning yechimini topishda jurnalistlardan ko‘mak so‘radi.

«Men bugun jurnalistlarni kelishib olish uchun chaqirdim. Masala nimada? Madaniyat sohasida muammolar ko‘p va ularni yoritishda OAV yordami kerak.
Siz — jurnalistlar muammolarni ko‘tarib chiqmoqdasiz va katta natija ko‘rsatmoqdasiz. Jurnalistlar — o‘z ixtiyori bilan bayroq ko‘tarib chiqqan odamlar. Sizning yordamingiz har bir sohada zarur.

Jamiyatning madaniy salohiyati isloh bo‘lmas ekan, boshqa sohada ham yangiliklar bo‘lmaydi.
Men sohadagi barcha muammoni ichidan bilaman, deb ayta olmayman. Soha juda keng va hammasini bilish uchun menga jurnalistlar yordami kerak. Millat va Vatan manfaati birinchi o‘ringa qo‘yilgan taqdirdagina natijaga erisha olamiz.

Madaniyat sohasidagi muammolar nima uchundir jurnalistlar tomonidan kam yoritiladi. Istardimki, tizimdagi muammolar diagnozini jurnalistlar aniqlab bersa.

Shu vaqtga qadar madaniyat sohasi xodimlari san’atkorlarga xizmat qiladigan odamdek harakat qilganlar. Tuman va viloyatlarda esa gapirmasa ham bo‘ladi, o‘zini bir «usilitelchi»dek his qiladi, mikrofon qo‘yib bersa bo‘ldi. Hokimlarning topshirig‘ini bajaradigan odamga aylanishgan.

Madaniyat tizimida faoliyat yuritayotgan har bir inson katta obro‘ga ega bo‘lishi kerak. Imom fatvo bersa odamlar qanday qabul qiladi? Madaniyat xodimi ham shunga yarasha bo‘lishi, jamiyat uni xuddi shunday qabul qilishi kerak.

Bunday katta talabga javob bera olmaganlar madaniyat tizimini tark etadi va ularning o‘rniga yangilar, fidoyilar keladi.
Sohada korrupsiya bor, ammo buning sababi qayerda? Maosh kam! Olti yuz ming so‘m oylikka ishlaydigan odam pul topishning boshqa yo‘lini qidirishi turgan gap. Muammolarni bartaraf etish uchun avvalo o‘sha muammolarni bilish kerak.

Jamiyatni «gastarbayterlik» kayfiyatidan qutqarish uchun ham madaniyat kerak. Viloyatlarda ota-onalarning eng katta orzularidan biri — bolasi tezroq pasport olsayu, Rossiyaga ketsa. Bolaning ham orzusi shu. Muqaddas orzusi, deb aytsa ham bo‘ladi.

Biz madaniyat sohasidagi ishlarimiz bilan xalqimizning fikrlashini o‘zgartirishimiz lozim», — dedi Ozodbek Nazarbekov.
Yig‘ilish davomida shuningdek teatr, musiqa va boshqa sohadagi muammolar ko‘tarildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 130
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar