“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:13
ЎЗO‘Z

«Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?» (video)

18 yanv, 00:30 6 734 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?» (video) Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida o‘zbekistonlik rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan shu nomli filmda ayollarning rollarini qirg‘izistonliklar, erkaklarnikini esa o‘zbekistonliklar o‘ynashi oldindan rejalashtirilmagan edi. Bu haqda rejissyorning o‘zi Lazizbek Hamidovning «Ular» dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

— Nima uchun «Sarvqomat dilbarim» filmida asosiy erkak aktyorlar — o‘zbekistonlik, asosiy ayol aktyorlar — qirg‘izistonlik?
— Bu narsa oldindan rejalashtirilmagan. Bu filmni suratga olish g‘oyasi Qirg‘iziston tomonidan taklif qilingan. Qirg‘izistonda «Dan» degan prodyuserlik markazi bor, o‘sha yerda ishlaydigan Parizod Chakibekova bir loyiha bilan «O‘zbekkino»ga murojaat qilgan. Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro fond bor, unga adibning kenja o‘g‘li Eldor Aytmatov rahbarlik qiladi.

Agar siz Aytmatov asari asosida film oladigan bo‘lsangiz, fonddan ruxsat olishingiz kerak. Chakibekova O‘zbekistonga kelib, aynan «Sarvqomat dilbarim» asari asosida film qilish uchun ruxsat olganini, filmni O‘zbekiston bilan hamkorlikda suratga olish taklifini aytdi. Shundan keyin meni chaqirishdi.

— Nimaga asoslanib aynan sizni chaqirishgan?
— Bilmayman. Badiiy asarni film qilish — bu ekranizatsiya san’ati-ku, bu narsa, afsuski, O‘zbekistonda yaxshi rivojlanmagan, sanoqli odamlar bu ish bilan shug‘ullanadi. Bizda hamma buyuk, hamma aqlli, hamma o‘zi ssenariy yozadi-ku, «biror bir asar asosida ssenariy yozsamchi», deb o‘ylab ham ko‘rmaydi. Men bungacha olgan ikkita film ham badiiy asar asosida olingan — «Sehrli qalpoqcha» filmi «Sariq devni minib» romani asosida olingan. Balki, shungamikan, bilmadim.

Xullas, chaqirishdi. Xo‘p, mayli, deb keyin ssenariyni yozdik. Film uchun aktyorlarni tanlash jarayonida, aytganimdek, aktrisalar ulardan, erkak aktyorlar bizdan, degan masala yo‘q edi. Asal obrazi uchun aktyorni uyoqdan ham, buyoqdan ham qidirdik. Ilyos borasida ham xuddi shunday. O‘zingiz ham vijdonan bir o‘ylab ko‘ring — O‘zbekistonda Asalni kim o‘ynashi mumkin edi? Bilasiz-u, aktrisalarni taniysiz-ku. Ochiq aytadigan bo‘lsak, yo‘q-da.

Chunki Asalni o‘ynagandan keyin, qishloq qizi deb turibdi, u tashqi ko‘rinishi, oddiy elementar qosh-ko‘zlari nuqtai nazaridan ham qishloq qiziga o‘xshashi kerak. Bizning barcha aktrisalarimiz esa 30 ga kirmay, qoshini terdirib, labini botokslar qilib chiqib kelganidan keyin, qanaqa qilib men uni qishloq qizi qilib olaman?




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 130
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar