“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

«Lazgi»ni buzma, «mazgi»!

15 yanv, 21:13 6 351 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Lazgi»ni buzma, «mazgi»! 2020 yil arafasida YUNЕSKO tomonidan «Lazgi» — san’at asari nomoddiy meros sifatida ro‘yxatga olindi. Bundan ko‘pchilikning boshi osmonga yetdi. Ayniqsa, san’atkorlarning kuni tug‘di: har kuni televideniye va raidioda chiqvolib, «Lazgi» kuyiga xohlagan (she’r) matnini moslab ijro qilishmoqda.

Aslida «Lazgi» juda qadimiy musiqa sanaladi. O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova ushbu san’at asarining 9 turi mavjudligini o‘zining «Ofatijon «Lazgi» deb nomlangan tadqiqot asarida ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, «Lazgi» musiqasi 3000 yillik tarxiga ega bo‘lib, yaratilishi jihatidan zardushtiylar davriga borib taqalar ekan.

Sh.Eshjonova bilan hammualliflikda yaratilgan yana bir «Lazgi» monografiyasida G.Matyoqubova mazkur musiqa nomi sanskrit tilida «qaltirash», «titrash», «sovqotish» kabi ma’nolarni berishini yozishadi. Fors tilida ham «lazgi» so‘zi «sovuq qotish» ma’nosini anglatadi. Qadimiy xorazmiylar tili fors tili tarmog‘ining bir shoxobchasi bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, tadqiqotchilarning fikrlariga hech shubha yo‘q.

Biroq, bugungi kunga kelib, yosh xonandalar «Lazgi» nomi bilan ijro qilayotgan qo‘shiqlar turi xuddi bemaza qovunning urug‘idek to‘qsontadan ham oshib ketsa kerak. Bilsa-bilmasa, mohiyatini anglasa-anglamasa ham betakror «Lazgi» kuyiga o‘ta mazmunsiz va sayoz matnlarni bastalab, ijro qilishayotgani kishining ta’bini tirriq qiladi. Koshki ular ijro qilayotgan «Lazgi»chalarda mukammal san’at asariga xos mazmun va ohanrabo bo‘lsa...

Manbalardan ma’lumki, «Lazgi» XX asrning 50-yillariga qadar kuy tariqasida surnay, tanbur, garmon va tor musiqa asbobolarida ijro qilinib kelingan. Bu o‘ynoqi kuyga birinchi bor Komiljon Otaniyozov qo‘shiq yozgan. Bu mashhur hofiz kuylagan «Lazgi» qo‘shig‘i o‘z davrida ham, bugungi kunda ham san’at muxlislarini maftun qilish jozifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Komiljon Otaniyozov kuylagan «Lazgi» qo‘shig‘ini Otajon Xushoyshukurov, Ortiq Otajonov, Olmaxon Hayitova, Bobomurod Hamdamov kabi san’atkorlar maromiga yetkazib kuylab, olqishga sazovor bo‘lishdi.

Biroq bu taniqli san’atkorlardan keyin yetishib chiqqan xonandalar «Lazgi» qo‘shig‘ini juda katta qo‘pol xatolar bilan kuylab yurishibdi. Afsuski, bu xato tarzdagi ijrolar yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan to‘yu tantana va bayram, sayillarda bir necha o‘n yillardan buyon taniqli, hatto yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalq artistlari aka-uka G‘ofur va G‘ulom Eshjonovlar, «Nihol» mukofoti sohiblari Bunyodbek Saidov, Dilmurod Sultonovlar tomonidan ana shunday xato talqinda e’tiborga havola qilinyapti. Ulardan andoza olgan boshqa xonandalar ham to‘y-bazmlarda aynan ana shu xatoni takrorlayotgani achinarli hol, albatta.

Xo‘sh, «Lazgi» qo‘shig‘idagi qanday xatolar mavjud?
Mashrab g‘azaliga Komil muxammasi bilan Komiljon Otaniyozov ijro qilingan «Lazgi»ning eng so‘nggi bandi quyidagicha kuylanmoqda:

Eshit arzimni endi, seni izlab yurarman,
Xayoling-la behushman, man o‘zimni bilarman,
Komil murodim bor deb man o‘zingdan tilarman,
Devona Mashrabingman, ishq o‘tina kuyarman,
Parvonadek ul o‘tdan o‘zini ayirsa bo‘lmas.


Muxammasning ikkinchi misrasi aslida «Xalyoling-la bexudman, na o‘zimni bilarman» tarzida yozilgan. Bundagi «bexudman» so‘zini ayrim san’atkorlar «behushman», «na o‘zimni»ni esa «man o‘zimni» tarzida qo‘pol ravishda buzib kuylashmoqda. Aslida «behud» bilan «behush» yoki «na o‘zimni» bilan «man o‘zimni» o‘rtasida katta farq mavjud. «Bexudliq» insonning o‘z aqlini tanimasligidir. «Behushlik» esa tanasini boshqara olmaydigan darajada koma holatiga tushishidir. Har ikkala sharoitda ham odam o‘zini, atrofdagilar harakatini anglay olmaydi. Shu boisdan ham xonandalarning «Xayoling-la behushman, man o‘zimni bilarman» deb kuylashi kulguli. Axir behush odam o‘zini qanday tanisin?!

Qo‘shiqning uchinchi misrasi esa asl matnda «Komil murodin ber, deb men o‘zingdan tilarman» degan lirik qahramon iltijosini o‘zida aks ettiradi. Bu esa xonandalar «Komil muroim bor deb man o‘zingdan tilarman» qabilida talqin qiladilar.

Qarang, qanday beso‘naqay ohang!
Ayrim yosh xonandalar ham battar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishmoqda. Qo‘shiqdagi «Samandardek o‘t ichra yonmasni solsa bo‘lmas» misrasini «Samandardek o‘t ichra yonboshni solsa bo‘lmas» deb ijro qilishmoqda.

«Samandar» — afsonaviy qush bo‘lib, aytilishicha, olov ichra tug‘ilib, olov ichida yashab o‘larkan, ya’ni Qaqnus!

Bunday qo‘pol xatolar yosh xonandalarning savodxonlik darajasi bir navi ekanini anglatmaydimi? Ming afsuski, shu tarzdagi xato ijrolar markaziy va mahalliy teleradiokanallarda tez-tez berib borilyapti. Na Badiiy kengash, na muharrir, na o‘zini yosh aqtidor egalariga ustozman deb ko‘kragiga urib yurgan tajribali san’atkorlar bu borada bir og‘iz «g‘ing» deyishmayapti. Axir daraxtning egri shoxlarini bog‘bon tartibga solganidek, yoshlardagi xato va kamchiliklarni tajribali ustozlar to‘g‘irlashga ko‘maklashishlari kerak-ku!

Xullas, san’atkorlik kishidan puxta adabiy bilim, so‘zlarga mas’uliyatni talab qilishini nafaqat yosh xonandalar, balki el nazariga tushgan, besh-olti ko‘ylakni ko‘proq yirtgan san’atkorlar ham chuqur anglasalar ayni muddao bo‘lur edi.

Erpo‘lat BAXT




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 66
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 163
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar