“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:22
ЎЗO‘Z

Rayhon Munisa Rizayeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi (video)

08 yanv, 21:13 10 982 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rayhon Munisa Rizayeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi (video) «Milliy» telekanalining «Nishonda» dasturida Munisa Rizayeva va Rayhon o‘rtalaridagi munosabatlar sovuqlashgani haqida gapirdi.

«Bilasizmi, Rayhonning bitta jihati bor: O‘zidan o‘zi xafa bo‘ladi, o‘zidan o‘zi yana siz bilan yaxshi bo‘lib qoladi. Oxirgi marta Rayhon menga SMS yozdi: Men sendan xafa bo‘lib yurgandim, lekin sen mening tushimga kirding.

Men unga ‘Yaxshi, zo‘r. Sen Instagram’da meni unfollow (obunani bekor qilish) qilding, men ham seni unfollow qildim. Lekin mendan nimaga xafaligingni haliyam tushunmadim, dedim.

U menga ‘xafa bo‘ldim’ deb yozdi. Men ‘mayli unda xafa bo‘lsang’ dedim», — deydi Munisa Rizayeva.

Rayhon Munisaning so‘zlariga quyidagicha izoh berdi:
«Men Munisaning gaplarini eshitib, uning menga nisbatan qanday hurmatsizlik bilan gapirganidan hayron bo‘ldim. Uning so‘zlarida negativ juda ko‘p. O‘ylashimcha, u hali yosh qiz, unda hammasi oldinda. Bilmadim, balki uning uchun kun kelib qadriyatlarning mazmuni o‘zgaradi va hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.

Hammamiz bir xil odammiz. Kimdir baland, kimdir past emas. Ollohning oldida hammamiz tengmiz. Hammamizning borar joyimiz bir. O‘sha joyga hammamiz o‘z gunohlarimiz bilan boramiz va ular uchun o‘zimiz javob beramiz. Shuning uchun menda hech qanday e’tiroz yo‘q, hattoki uning menga bo‘lgan salbiy munosabatiga ham. Bu uning huquqi, uning tanlovi, tarixi va multfilmi».

Rayhon o‘zbek shou-biznesi vakillari o‘rtasidagi do‘stlikka ishonmasligini ham aytib o‘tdi. Biroq, istisno tarzida hozir Rossiyada ijod qilayotgan asli o‘zbekistonlik xonanda So‘g‘diyona bilan uzoq yillardan beri do‘st ekanligini misol keltirdi.

Bir-biridan xafalashib qolgani sababiga esa ikkala xonanda ham aniqlik kiritmagan.
Bir vaqtlar ular qalin do‘st edi. Hamkorlikda bir necha duetlar ijro etgan. Munisa va Rayhon ijrosidagi «Bor yoki yo‘q» qo‘shig‘i ancha ommalashgan.

Avvalroq Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayevaga baxt tilagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 112
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 210
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 79
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar