“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:35
ЎЗO‘Z

«Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin». Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi

08 yanv, 00:13 10 346 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin». Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva «Milliy» telekanalining «Nishonda» dasturiga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan nima sababdan ajrashgani haqida gapirdi.

- Aslida biz umuman bir-biriga o‘xshamaydigan, turli qarash va prinsiplarga ega insonlarmiz. Turmush qurishimizga barcha qarindoshlarimiz qarshi edi. Ular inson ko‘ngliga yaqin, so‘zlashish uchun umumiy mavzulari bor insonni umr yo‘ldosh sifatida tanlash kerakligini aytgandi.

Shuningdek, ikki inson turmush qurishi uchun ular oilada bir xil tarbiya topgan bo‘lishi ham kerak. Bir-biriga har jihatdan mos bo‘lishi kerak. Biz esa butunlay boshqa-boshqa odamlar edik. Shuning uchun ham murosa qila olmadik.

Lekin hozir, fikrimcha, Muqaddas (Sa’dullayeva) — Yigitaliga juda ham mos. Ularni juda yaxshi juftlik deb bilaman. Men ularga chin dildan baxt tilayman. Eshitishimcha, ular ikki farzandli ham bo‘libdi. Baxtli bo‘lishsin.

Ulardan yagona iltimosim — bizsiz baxtli bo‘lishsin. Bizni tinch qo‘yishsin. Men har doim farzandlarim uchun qayg‘uraman. Ertaga ular katta bo‘ladi. Ularning qulog‘iga turli gap-so‘zlar, g‘iybatlar yetib kelishini xohlamayman
, deydi Rayhon G‘aniyeva.

Xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014 yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandlarni dunyoga keltirgan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgan edi.

2016 yilning may oyida Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016 yilning 29 oktabr kuni Rayhon aktyor va boshlovchi Farhod Alimov bilan ikkinchi marta turmush qurdi.

Yigitali bu orada chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmush qurib, qiz farzand ko‘rdi, ko‘p o‘tmay aktyorning bu turmushi ham o‘xshamagani oydinlashdi. 2018 yil dekabrida Yigitali aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylangani ma’lum bo‘ldi. Yigitali va Muqaddas ikki farzandli bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 161
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar