“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:33
ЎЗO‘Z

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi

25 dek, 07:36 4 834 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertidagi ochiq kiyimli raqqosalar yuzasidan izoh berdi Foto: MyDay
18 dekabr, chorshanba kuni Humo Arena’da o‘tgan Rossiya estradasining taniqli vakili Filipp Kirkorovning konsertida chiqish qilgan raqqosalarning ochiq-sochiq kiyimlari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Madaniyat vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

«Madaniyat vazirligi tizimidagi ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga dasturda kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;

ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz endilikda ushbu jarayonlarning takror bo‘lmasligining oldini oladi degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz», — deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 92
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 636
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 539
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar