“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:25
ЎЗO‘Z

Dunyoga mashhur Sidney Opera teatri haqida nimalarni bilasiz?

07 dek, 06:30 6 493 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoga mashhur Sidney Opera teatri haqida nimalarni bilasiz? Bugungi maqolamiz orqali dunyoga mashhur Sidney Opera uyi haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Sidney Opera teatri Bennelong geografik nuqtasida joylashgan bo‘lib, Sidney Opera teatrini qurish uchun dastlabki xarajatlar smetasi 7 million dollarni tashkil etgan. Yakuniy qiymati 102 million dollarga yetgan hamda ushbu xarajatlar Davlat g‘aznasi tomonidan to‘langan.

Opera uyining dizaynini loyihalashtirish uchun 1956 yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro dizaynerlik tanloviga 233 ta dizaynerlik namunalari taqdim etilgan hamda Daniya vakili Yorn Uttson o‘zining dizayni uchun 5000 yevrolik mukofotni qo‘lga kiritgach, uning yaratgan dizayni bugungi kunda SOT ni butun dunyoga mashhur qildi.


Qurilish to‘rt yil davom etishi kerak bo‘lsada, 14 yilga cho‘zildi. Ish 1959 yilda boshlanib, 10000 ishchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatdi. Sidney Opera teatri 2007 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Taxminan 1,62 gektar maydonni qamrab olgan ushbu majmuaga bir milliondan ortiq tom yopish plitalari ishlatilgan. Sidney Opera teatri qirolicha Yelizaveta II tomonidan 1973 yil 20 oktyabrda ochib berilgan.

Qirolicha bu yerga jami to‘rt marta tashrif buyurgan bo‘lib, oxirgi tashrifini 2006 yilda amalga oshirgan. Sidney simfonik orkestri Konsert zalida sahnaga chiqqanida, asboblarning ohangdorligi ta’minlanishi uchun harorat 22,5 daraja bo‘lishi kerak. Harorat va namlik musiqa asboblari uchun juda muhim omildir. Har yili Opera teatriga 10,9 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. Ushbu teatr dunyoning mehmonlar eng ko‘p tashrif buyuruvchi me’moriy obidasiga aylanib ulgurgan.
Sidney Opera Teatri, Yorn Uttson, Yelizaveta II




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar