“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:22
ЎЗO‘Z

Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan?

20 noya, 07:02 8 032 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan? Bollivudning mashhur yulduzlaridan biri bo‘lgan Xritik Roshan o‘z rafiqasi Sussanna Xon bilan ajrashgani ko‘pchilik muxlislarimizga ma’lumdir. Ularning muhabbati ancha yillik tarixga ega bo‘lib, ikkala yosh bir-birlarini yoshlikdan sevib kelishgan. Ulg‘aygandan keyingi to‘rt yillik davom etgan ishqiy munosabatlari oxiri nikoh bilan yakunlandi. Xritik Roshan va Sussanna Xonlarning to‘yi 2000 yil bo‘lib o‘tgan. Ularning oilasida ikki o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Ularning ismi Xrehaan va Hridhaan. 2013 yilda ushbu juftlik orasida muammolar vujudga kelgan va 2014 yilda ular ajrashib ketishgan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, oilaning buzilishiga sabab Xritik Roshanning sadoqatsizligi bo‘lgan. Negaki, aktyor va uning kinodagi partnyorlari o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlar hamisha odamlar og‘zida bo‘lgan. 2001 yilgi Karina Kapur bilan bo‘lgan ijodiy sherikligidan keyin ular o‘rtasida iliq munosabatlar uyg‘ongan hamda 2003 yilda suratga olingan Main Prem Ki Divani Xun filmidan so‘ng munosabatlari yanada jiddiy tus olgan.

Biroq bu munosabatlarning davom etishini ikkala ijodkorning ham onalari xohlashmagan. Shu bilan ular bir-birlaridan uzoqlashishgan. 2010 yilda Kites filmining suratga olish jarayonida meksikalik aktrisa Barbara Mori va Xritik Roshan o‘rtalarida aloqalar borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Uning Barbara bilan munosabatlari Xritikning turmushida sezilarli muammolarni yuzaga keltirgan va aytishlaricha, Sussanna uyidan ketib, ota-onasi bilan yashay boshlagan.

Sussannaning giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani haqida turli xil xabarlar tarqalgan va bir nechta jamoat yig‘inlarida uning giyohvand modda iste’mol qilganiga guvoh bo‘lishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Arjun Rampal va Sussannaning o‘rtalarida do‘stlik munosabatlari bo‘lib, uning bu yo‘lga kirishida ham Rampalning ta’siri bo‘lgan.

Xritikning ajrashish qaroriga kelishining asosiy sabablaridan biri ham aynan shudir. Ana shunday tushunmovchiliklarga qaramay, bugungi kunda Xritik Roshan va Sussanna Xon o‘rtasida samimiy do‘stlik saqlanib qolgan. Ular farzandlarining baxti uchun doimo mas’uliyatli ota-ona vazifasini bajarib kelishmoqda.
Xritik Roshan, Sussanna, Xrehaan va Hridhaan




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 47
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 605
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 520
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar