“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi

16 noya, 14:09 3 687 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola oʻzining ushbu klipi borasida Instagramʻdagi sahifasi orqali izoh berdi.

"Soʻnggi video chiqqanidan soʻng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini oʻzgartirib, oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi boʻlishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yoʻq.

Men ijodkorman. Sanʼat bilan shugʻullanaman, sanʼat esa — hayotning koʻzgusi. Oʻz ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, baʼzida maishiy va bularning barchasini chin koʻngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto oʻylashga ham qoʻrqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan oʻzgarishlar davrida yashayapmiz.

Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qoʻl urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men Oʻzbekiston fuqarosiman, oʻz Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi koʻraman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga boʻlgan muhabbatim sabab!"

Avvalroq Xotin-qizlar qoʻmitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yoʻldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan “Sevgingni menga ayt” qoʻshigʻi klipi haqida “Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, maʼnaviyat soʻzini oʻyinchoq qilib qoʻygani – bu yigirma beshinchi kadr”, deya munosabat bildirgan edi.
Lola, klip, izoh




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 47
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 605
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 518
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar