“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 23:18
ЎЗO‘Z

Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti o‘z egalarini kutmoqda

08 noya, 13:18 4 285 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti o‘z egalarini kutmoqda Ma’lumki, dunyoda ko‘plab nufuzli telekanallarning ijodkorlarni taqdirlaydigan o‘z tanlovlari mavjud. “Mening yurtim” (My5) va “Yoshlar” telekanallari yurtimizda ham ana shunday mukofotni yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi. "Oltin kabutar" deb nomlangan ushbu tanlovda televideniye, san’at va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanadi.

2019 yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi yurtimizning muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Xo‘sh, “Oltin kabutar”ning boshqa mukofotlardan farqi nimada? Qizig‘i, “Oltin kabutar” g‘oliblarini hakamlar hay’ati aniqlamaydi, aksincha ularni tomoshabinlarning o‘zi ovoz berish yo‘li orqali aniqlashadi.
Buning uchun ishtirokchilar besh bosqichdan o‘tishlari lozim:
Birinchi bosqichda, har bir nominatsiya bo‘yicha 20 nafardan nomzod keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi va ovozga qo‘yiladi (1-15 noyabr);
ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 10 nafar nomzod saralab olinadi va qayta ovozga qo‘yiladi (16-20 noyabr);
uchinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 5 nafar nomzod telekanallar orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yo‘li bilan ball yig‘iladi (21-25 noyabr);
to‘rtinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar nomzod efir orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yo‘li bilan ball yig‘iladi (26 noyabr - 3 dekabr soat 22:00 gacha);
So‘nggi bosqichda 3 nafar nomzodga SMS orqali berilgan ovozlar soni jamlanadi va g‘olib 4 dekabr kuni taqdimot marosimida e’lon qilinadi.

“Oltin kabutar” mukofoti nominatsiyalari:
“Eng yaxshi milliy serial”
“Eng yaxshi aktyor”
“Eng yaxshi videoklip”
“Eng yaxshi estrada xonandasi”
“Eng yaxshi teleboshlovchi”
“Eng yaxshi telejurnalist”
“Eng yaxshi tok-shou”
“Eng yaxshi saundtrek”
“Eng yaxshi ko‘rsatuv”

"Oltin kabutar"ning maxsus mukofotlari:
“O‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”
“O‘zbek televideniyesi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”
“Eng yaxshi murabbiy”.

Bundan tashqari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Oltin kabutar, tanlov, mukofot




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 0
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 0
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 2
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 11
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 27
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 60
  • Bo‘limlar