“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:26
ЎЗO‘Z

Zulfiqor Musoqov va Murod Muhammad Do‘st televideniyedagi mantiqsiz senzuradan norozi

02 noya, 22:02 4 149 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zulfiqor Musoqov va Murod Muhammad Do‘st televideniyedagi mantiqsiz senzuradan norozi Foto: «Kino san’ati»
Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov televideniyedagi senzura haqida gapirdi, deb xabar bermoqda «Kino san’ati» kanali.
«29 yildan beri kino sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsam, filmlarim doimiy ravishda teleekranlarda namoyish etib kelinmoqda. Bundan juda xursandman. Ammo... bitta narsa mening jahlimni chiqaradi. Televideniyeda ko‘rsatilayotgan filmlarimda bu muhim emas degandek, ayrim lavhalar kesib tashlanadi. Buni qanday tushunish kerak?! O‘sha epizodlarni kesayotganlar bu kadrlar uchun butun boshli bir ijodiy jamoa qanchalik mashaqqat chekishganini tushunishadimi? Yo‘q! Buni biz shunday ahvolda qoldirishimiz kerak emas. Filmlarimizning saviyasiga putur yetishi, mualliflik huquqimizning poymol etilishiga jim qarab turolmaymiz», deydi Musoqov.

Foto: «Kino san’ati»
Yozuvchi Murod Muhammad Do‘st rejissyorning fikrlariga xayrixohlik bildirdi.
«Men ham ushbu fikrlarga qo‘shilaman. Bu bizning og‘riqli nuqtamiz. Filmlarni televideniya xodimlari nega kesishini haligacha tushunolmayman. Go‘yoki ular o‘zlarini jamiyatning axloqiy darvozasida turgan posbonlarga o‘xshatishadi. Filmda axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmaydigan joylari bo‘lsa «O‘zbekkino» Badiiy kengashiga murojaat qilishsin. Chunki barcha filmlar Kengashdan o‘tkaziladi. Qaysi filmda inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan joylar bor? Balki, biz ham 16+, 18+ qilib, tomoshabinning yoshini belgilashimiz kerakdir», deydi taniqli adib.

Ushbu fikrlar bugun, 2 noyabr kuni «O‘zbekkino» Milliy agentligida bo‘lib o‘tgan Badiiy kengashning navbatdagi maxsus yig‘ilishida bildirilgan.
Zulfiqor Musoqov, senzura, kino




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 46
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 602
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 516
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar