“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

Iqbol Mirzo: To‘ydan har xil daromad olishiga qaramay, Ozodbek Nazarbekov ham, viloyatdagi xalq artisti ham bir xil boj to‘laydi

02 noya, 06:00 3 733 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqbol Mirzo: To‘ydan har xil daromad olishiga qaramay, Ozodbek Nazarbekov ham, viloyatdagi xalq artisti ham bir xil boj to‘laydi O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab to‘y-marosimlarda ikkitadan ortiq xonanda (musiqiy guruh)ning ishtirok etishi mumkin emas, biroq bu borada san’atkorlarning ham fikrini eshitish, ularni ham rozi qilish maqsadga muvofiq. Bu fikr senator Iqbol Mirzo tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

To‘y marosimlariga ko‘pi bilan ikki xonandaning kelishi bilan bog‘liq cheklov masalasida qo‘shiqchilarning ham fikrini eshitib, ularning roziligini ham olish kerak — balki ulardan ham jo‘yali taklif chiqib qolar?! Masalan, xonanda har bir borgan to‘yidan soliq to‘lasin, degan masalalar ko‘tarilyapti.

San’atkorning darajasiga qarab, to‘lov kategoriyasi — davlatga to‘laydigan boji bor. Eng mashhur qo‘shiqchilar ham juda katta pul to‘lamaydi aslida. Havaskorlar uchungina imtiyozlar bor. Xalq artisti «O‘zbekkonsert»ga bir yilda 22 million so‘m atrofida to‘lov qilishi kerak. Shu pulni ba’zi xonandalar yarimta to‘yda topadi. Lekin shuncha pul topsa ham, bojni to‘lagisi kelmaydi.

Ozodbek Nazarbekov ham shu pulni to‘laydi, Farg‘onada ijod qiladigan xalq artisti ham shuncha to‘laydi. Unvonlar bir xil bo‘lgani bilan to‘yga borish haqi har xil. Farg‘onadagi qo‘shiqchi bitta to‘yga 100 dollarga boradi — shuning uchun u pulni to‘lamay, «O‘zbekkonsert»dan qochib yuraveradi.

Men bir paytlar yillik to‘lov qiymatini pasaytirib, arzon qilishni taklif qilgan edim. Lekin bu narsa amalga oshmadi.

2019 yil oktyabri boshida O‘zbekiston Senati To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgan edi. Nizom talablarini buzgan to‘y egalari bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (1 noyabr holatiga ko‘ra — 2,23 million so‘m), to‘yxona egalari esa 30 baravari (6,69 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq senator Iqbol Mirzo dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Iqbol Mirzo, Ozodbek Nazarbekov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar