“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:16
ЎЗO‘Z

Ayshvariya Ray bugun 46 yoshga to‘ldi. Sobiq «dunyo go‘zali» ishtirokidagi eng yaxshi 7 film (video)

01 noya, 21:30 6 122 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayshvariya Ray bugun 46 yoshga to‘ldi. Sobiq «dunyo go‘zali» ishtirokidagi eng yaxshi 7 film (video) Bugun, 1 noyabr kuni taniqli Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 46 yoshni qarshi oldi.
Ayshvariya 1973 yilning 1 noyabr kuni Hindistonning Mangalor shahrida tug‘ilgan. U bolaligidan mehnatsevarligi va intiluvchanligi bilan ajralib turardi.
U musiqa va raqs bilan shug‘ullanar, ta’limning barcha bosqichlari — maktab, kollej va universitetda a’lo baholarga o‘qigan.

Foto: Google Images
Ayshvariya universitetda arxitektura yo‘nalishida tahsil olgan, u noodatiy uylar hamda binolar loyihasini yaratishga qiziqardi. U 21 yoshida «Dunyo go‘zali» deya e’tirof etildi. Bu Ayshvariyaning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ayshvariya modellik bilan shug‘ullana boshladi, keyinchalik uni kinolarga taklif etisha boshlashdi.
Bugun Ayshvariya Ray turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan bilan birgalikda qizlari Aradhyani voyaga yetkazmoqda.

Quyida Ayshvariya Ray ishtirokidagi eng yaxshi filmlar haqida so‘z yuritamiz.

«Devdas»

Janri: Melodrama, myuzikl, drama

Devdas badavlat yer egasining farzandi. U bolaligidan hech narsaga zoriqmay o‘sgan. Uning eng yaqin do‘sti Paro (Ayshvariya Ray) ismli qiz.
Devdas ulg‘aygach, ota-onasi uni Londonga o‘qishga yuboradi. Yigit Londondan boshqacha dunyoqarash va mentalitet bilan qaytadi. Biroq u hali hamon Paroni yaxshi ko‘radi, uning qizga bo‘lgan munosabati sevgiga aylangan edi. Biroq Devdasning ota-onasi Paroni unga noloyiq deb hisoblaydi…

«Jodha va Akbar»

Janri: Harbiy, melodrama, tarixiy, drama, jangari.

Asrlar osha musulmonlar va hindular o‘rtasida murosasiz dushmanlik hukm surardi.
Ikki tomonni murosaga keltirish mumkin bo‘lgan yagona inson Jaloliddin Muhammad Akbar edi. U murosasiz mojarolarga nuqta qo‘yish uchun Rajput malikasi Jodha bilan siyosiy nikoh tuzadi…

Ayshavariya ushbu fildagi obrazi uchun ko‘zlari rangini o‘zgartiruvchi linza taqqan. Bu aktrisaning turmushga chiqqanidan keyin efirga uzatilgan ilk filmi. Titrda uning familiyasi Ray-Bachchan deb yozilgan.

«Robot»

Janri: Fantastika, jangari

Iste’dodli olim Vasi tashqi ko‘rinishi bilan unga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan robotni yaratadi.
Robotning ismi Chitti, u juda ko‘p funksiyani bajarishi mumkin, biroq u odamlardan hissiz ekanligi bilan ajralib turadi.

Uni mukammallashtirish uchun Vasi robotga his-tuyg‘ular bag‘ishlovchi chip o‘rnatadi.
Chitti his etgan birinchi tuyg‘u sevgi bo‘ladi. U olimning sevgilisi Sanuni (Ayshvariya Ray) sevib qoladi. Sevgi robotni o‘zgartirib yuboradi…

«Pushti pantera 2»

Janri: detektiv, oilaviy, kriminal, komediya, sarguzasht, jangari.

Inspektor Jak Kluzoning hech omadi yurishmaydi, biroq kunlardan bir kun u «pushti pantera» nomli pushti brilliant yo‘qolishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh qiladi.
«Pushti pantera» o‘g‘risi qator kitoblar muallifi Soniya (Ayshvariya Ray) bo‘lib chiqadi.

«So‘nggi Legion»

Janri: harbiy, sarguzasht, jangari

Eramizdan avvalgi 476 yilda Rim imperiyasi tugatildi. Yosh imperator Romul Avgust va uning ustozi Amvrosiyni Kapri orolidagi zindonga tashlashadi. Sezar avlodidan bo‘lgan yosh imperator taslim bo‘lmaydi. Unga ofitser Avreliy hamda vizantiyalik Mira boshchiligidagi legionerlar otryadi yordamga keladi. Romul zindondan qochishga muvaffaq bo‘ladi…

«Tezlik 2»

Janri: Triller, kriminal, jangari

Jasur politsiyasi Jay Diksit jinoyatlarni fosh etishga kirishadi. Bunda unga yaqin do‘sti Ali yordam beradi.
Endilikda ikki politsiyachining oldida o‘ta qimmat buyumlarni o‘g‘irlash bilan tanilgan Janob A ning kimlgini fosh qilish vazifasi turibdi.
O‘g‘ri va uning sherigi har doim politsiyani dog‘da qoldiradi, tutqich bermaydi…

«Sevishganlar»

Janri: Melodrama, drama, myuzikl.

Uch yosh yigit qahri qattiq rektor Narayan Shankar rahbarligidagi nufuzli univeristetda tahsil oladi.
Bu universitetga o‘qishga kirish juda qiyin, haydalish esa juda oson, buning uchun birgina qoidani buzish kifoya.
Eng yomon qoidabuzarliklardan biri esa universitet tashqarisiga chiqish hamda qizlar bilan uchrashishga urinish hisoblanadi.

Biroq uch yosh yigit muhabbat oldida ojiz qoladi, ular ayollar maktabida tahsil oluvchi qizlarga ko‘ngil qo‘yadi. Shunda muhabbati armon bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi Raj Aryan yigitlarga yordam berishga qaror qiladi…
Ayshvariya Ray, dunyo go‘zali, film




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 41
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 169
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar