Ko‘zlaringiz qalbingiz oynasi bo‘lsa, demak qoshlaringiz oynangizni mustahkamlovchi tirgaklardir. Aslida qoshlarning tuzilishi orqali insonlarning xarakterini bilib olish mumkin.
Quyida turli xildagi qoshlarning shaxsiyati haqida so‘z ochamiz.
1. Odatiy ko‘rinishdagi qoshlarO‘rta kenglikdagi va bir-biridan uzoq bo‘lgan qoshlar an’anaviy qadriyatlarga bo‘lgan sodiqlikni anglatadi. Shu bilan birga, siz haddan tashqari dramatik hodisalarga ta’sirchan emassiz. Har qanday jamoa oldida xursandchilik hissini uyg‘ota olasiz.
2. Uzun qoshlarUzun qoshli insonlar deyarli har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladilar va juda xushmuomala insonlar sirasiga kiradilar. Ular juda go‘zal ichki olamga ega. Agar siz ushbu turga tegishli bo‘lsangiz, barcha muammolaringizni o‘zingiz hal qilishga odatlangansiz va kamdan-kam hollarda ularni boshqalar bilan baham ko‘rasiz.
3. Kalta qoshlarSiz ko‘pchilik narsalarga diqqat bilan yondashasiz va har qanday vaziyatda o‘zingizni dadil tuta olasiz. Boshqalarning muammolarini eshitishni yoqtirmaysiz, chunki ba’zida hayotdagi qiyinchiliklarni yengish o‘zingiz uchun ham qiyin bo‘lib tuyuladi. Siz uchun ba’zida hech qanday tog‘ ham baland bo‘lib ko‘rinmaydi.
4.Qalin qoshlarSiz o‘zingizning ichki kuchingizga va tashqi jozibangizga to‘liq ishonasiz. Sizga o‘xshash insonlar muammolarni osongina hal qila oladilar. Agar biron bir muhim ishga diqqatingizni qaratsangiz, sizni hech qanday kuch bu ishdan to‘xtata olmaydi. Boshqalar sizni qanday o‘ylashlariga ahamiyat bermaysiz.
5. Ingichka qoshlarSizning ichki olamingiz juda nozik. Mojarolarga hech ham aralashib qolmaysiz. Siz yaxshi tinglovchisiz. Ko‘pchilik insonlar sizdan maslahat so‘raganda, qo‘lingizdan kelgancha yordam qo‘lini cho‘za olasiz.
6. Ko‘zdan yuqoriroq joylashgan qoshlarSiz o‘ta ta’sirchansiz. Bir ko‘rishda insonlar siz haqingizda noto‘g‘ri fikrga ega bo‘lishadi. Ammo, odatda hammaga ham ishonavermaysiz. Mukammallik va o‘zini o‘zi tanqid qilish doimiy hamrohingiz.
7. Ko‘zga yaqinroq joylashgan qoshlarSiz juda ham xushmuomala insonsiz. Har qanday odam sizga ishona oladi. Insonlar bilan tez va oson chiqishib ketasiz. Ayniqsa, boshqa insonlar bilan jiddiy va uzoq davom etadigan munosabatlar o‘rnata olasiz.
8. Uchburchaksimon qoshlarUchli qosh shakli sizning jo‘shqinligizdan darak beradi. Holatni tezlikda tahlil qilib, tez qaror qabul qilasiz. Tabiatan liderlik qobiliyatiga egasiz. Har qanday mas’uliyatni bo‘yningizga olishdan uyalmaysiz.
9. Dumaloqsimon qoshlarSiz juda ham mehribonsiz va e’tibor talab qilasiz. Kimga yordam kerak bo‘lsa, doimo shaysiz.
10. Rangsiz qoshlarSiz o‘zingizga to‘liq ishonmaysiz. Ko‘p ikkilanasiz. Negadir uyatchanlik sizni hech tark etmaydi.