“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 07:53
ЎЗO‘Z

Bollivud go‘zali Priti Zinta haqida

24 okt, 10:12 9 236 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bollivud go‘zali Priti Zinta haqida Ko‘pchilikka ma’lumki, bollivud olamida Priti Zintaday aktrisalar juda kam uchraydi. Uni Karina Kapur, Rani Mukerji kabi aktrisalar qatorida super yulduz deb tan olishadi. Hayratlanarlisi shundaki, Priti har qanday kinopartnyor bilan, agar u Shohruh yoki Amir Xon yoki aka-uka Deollar bo‘lsa ham qoyilmaqom juftlikni yuzaga keltira oladi.

Priti Zinta 1974 yil 31 yanvarda tavallud topgan. Uning haqiqiy ismi Priti Jinta. Aktrisa Andxar - Pradesh shtatining Syo qishlog‘ida tug‘ilgan. Agar kinolentalar jozibasi uni o‘ziga rom etmaganida Pritidan yaxshigina psixolog chiqqan bo‘lardi. Priti jinoyat psixologiyasiga qiziqar edi. U hozir ham jinoyatchilik olami bilan qiziqadi va ko‘proq detektiv asarlarni o‘qiydi.

Shou-biznesdagi faoliyatini Priti Yangi Dehlida boshladi. U model bo‘lib ishlash bilan birga shokolad kompaniyasining reklamalarida suratga tushdi. Ana shu reklama orqali unga nisbatan qiziqish ortdi. Kino karerasi esa Shekhar Kapurning ekranga chiqmagan "Ta Ra Rum Pum Pum Pum" filmi orqali boshlandi.

Uning ilk roli "Kya Kehna" filmida yolg‘iz ona bo‘lishni istaydigan yengiltak qiz roli hisoblanadi. Ushbu filmni suratga olish ishlari juda uzoq cho‘zildi va 2000 yildagina katta ekranlarga chiqdi. Bu vaqtda Priti allaqachon mashhur aktrisaga aylanib ulgurgan edi. Hozirda esa o‘zining ko‘p sonli muxlislariga ega deb qo‘rqmasdan ayta olamiz.
Priti Zinta, Bollivud




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 601
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 513
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 59
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 43
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Bo‘limlar