“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:41
ЎЗO‘Z

Xayrulla Hamidov she’ri: «Qur’onga chorlov»

18 okt, 12:10 9 416 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xayrulla Hamidov she’ri: «Qur’onga chorlov» Ey o‘g‘ul, o‘qigil ushbu xatimni,
Bejavob qoldirma nasihatimni.

Xudo Kalomig‘a ehtirom ayla,
Majiydni hofizang ichra avayla!

Uyingni har burchi kalomga to‘lsin,
“Bismillah” deginu, falaklar kulsin,

Unutma bu ishni, tark etma har on,
Osib qo‘yish uchun kelmagan Qur’on!

Qancha ko‘p o‘qilsa, titilsa Kitob,
Xudoning oldida kamayar itob.

Kitobning yangisi zo‘r kitob emas,
Qur’oni yangi uy fayzli emas.

Qadimda sovchilar solishsa og‘iz,
Kalomni tekshirib, so‘rarkanlar qiz.

Uy uchun sanalmish eng go‘zal odob –
Titilgan joynamoz, eskirgan kitob...

Baxt qo‘yib yubormas desang qo‘lingni,
“Fotiha”ni o‘qib, ochgil yo‘lingni.

Keyin “Baqara”dan xulosalar ol,
Qancha chuqur ketsak, kuchayar xayol.

Sayr etmoq bo‘libsan, o‘g‘lim, Qur’onga,
Mehmon bo‘lib ketgin “Oli Imron”ga.

Hikoyatlar tinglab Muso, Iysodan,
O‘zingga xitoblar topgil “Niso”dan.

O‘qib san surai Mujodalani,
Topursan Allohga qancha nolani.

Kalom yuragiga qani, yo‘l olsin,
Deb seni qarshilar surai Yosin.

Kutib olgan bo‘lsa go‘zal “Taborak”,
O‘g‘ilcham, ulug‘ baxt bo‘lsin muborak!

“Ar-Rohman”ni o‘qi bo‘stonda yayrab,
Senga jo‘r bo‘lg‘usi bulbullar sayrab.

O‘qiyver, nolangdan titrasin olam,
Ayla shaytonlarning rangini somon.

“Mo‘minun”ni o‘qi, his qilib, anglab,
Mo‘minlar asliga qaytsinlar tinglab.

“Kofirun”ni o‘qi, ahdingni bergin,
To‘g‘ri yo‘ldasan-ku, ko‘ksingni kergin!

Xudoning diniga kim ko‘tarsa qo‘l,
Surai Tabbatdan ko‘rsatib qo‘y yo‘l!

Amal qil, kirdingmi qutlug‘ qasrga,
Muvofiq yashasang, bas, “val ’asr”ga.

O‘qi “Fil” surasin, bag‘rini tilsin –
Yangi Abrahalar oxirin bilsin!

Ul ulug‘ Voqea bo‘lmasdan avval,
“Voqea” surasin o‘qigin jadal!

“Qoriya”ni o‘qi, yig‘lasin olam,
O‘shal og‘ir Kunga tayyorlan, bolam!

Ixlos ila o‘qi “Ixlos” surasin,
U sani mahsharda yo‘qlab so‘rasin!

Topganda olsin u shafoatiga,
Xudo izni ila himoyatiga.

“Ixlos” qiyomatning ajib siridir,
Xudo Kalomining uchdan biridir.

“Iza jaa”ni o‘qi halovatoldi,
Fath kunlari ham yaqinlab qoldi.

“Falaq” zulmatidan istagin panoh,
Yaxshilab o‘qisang, asraydi Alloh!

“An-Nos”ning ma’nisi “odamlar” erur,
Alar ham yurakka zararlar berur.

Ushbu sura bilan tugaydi Qur’on,
“Sadaqalloh” deb qo‘y o‘qigach har on.

Chunki bu odamning so‘zlari emas,
Hatto payg‘ambar ham kitobim demas.

Ibni Mas’ud bunda so‘zlamish g‘oyat:
“Dunyodan afzaldir har qanday oyat!”

Endi o‘ylab ko‘rgin ne o‘qiganing,
Millionlab dunyoni his qilgan taning...

Malaklar poyingda to‘sharlar gilam,
Qur’on qarshi olar shafoat bilan.

Bolam, bundoq baxtni topa olmassan,
Gar qadrin anglasang, yopa olmassan!

Tushunib qolsang gar Qur’on lazzatin,
Inkor etar eding dunyo rohatin.

Man o‘zim bu yo‘lda kula olmadim,
Qur’on xizmatchisi bo‘la olmadim.

Bolam, takrorlama xatolarimni,
Qabul qil bu xolis nidolarimni.

Qur’onni olgin-da, ko‘zingni yoshla,
Bobolaring kutar... Tilovat boshla!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 33
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 46
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 592
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 349
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 505
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar