“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:55
ЎЗO‘Z

Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi haqida: «Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?»

23 sen, 14:23 4 741 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi haqida: «Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?» O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissyor Zulfiqor Musoqov «Berlin—Oqqo‘rg‘on» nomli to‘liq metrajli badiiy filmining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida namoyish etilishiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Facebook’dagi «Kino san’ati» sahifasiga ma’lum qilindi.
Bizni, «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmi ijodkorlarini yangi ochilgan «O‘zbekiston tarixi» kanaliga taklif qilishib, filmimizni tomoshabinlarga ko‘rsatishidan xursand bo‘lgan edik. Lekin qaysi bir palid, ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faoliyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlashi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi.

- Kichkina Klaus fashist bayrog‘i taqilgan tortni Deborani uyiga olib kelishi;
- Qo‘ziboy tog‘asining burdalanganini ko‘rish kadrlari;
- Fashist bayrog‘i ostida birinchi bo‘sa. Axir o‘sha bayroqni tayyorlashda qancha mehnatimiz ketgan edi.
- Klaus va Debora kattaligida uxlashi.

Fashistlarni odamlarni o‘ldirish kadrlari va aynan barcha millatlarni, shu hisobda o‘zbeklarni ham, qirish haqidagi hujjatli kadrlar yo‘q
Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti-harakati deb tushundim va ertagayoq bu haqda xohlagan joyda bu ishni kim qilganini talab qilaman va bizning huquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik...

Zulfiqor Musoqov, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissyor

2018 yilning dekabrida premerasi bo‘lib o‘tgan «Berlin—Oqqo‘rg‘on» filmida 1941—1945 yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek millatining jasur va mard o‘g‘lonlari, shuningdek, front ortidagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqov filmlari telekanallarda namoyish qilinishidan oldin kesilishi borasida MTRK raisiga murojaat qilgani, murojaatiga Alisher Xadjayev tomonidan «Bizda ahmoqlar juda ko‘p, aybdor topilib jazolanadi» degan javobni olgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 37
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 46
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 595
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 350
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 506
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar