“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 10:13
ЎЗO‘Z

«Nihol» mukofoti sovrindori Salomat Ayapov Nukusda bir oylik harbiy xizmatni o‘tamoqda (video)

13 iyul, 10:17 3 229 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Nihol» mukofoti sovrindori Salomat Ayapov Nukusda bir oylik harbiy xizmatni o‘tamoqda (video) Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida o‘zbek va qoraqalpoq xalqining faxriga aylangan, afsonaviy jirovlar shogirdi, «Nihol» mukofoti sovrindori Salomat Ayapov bilan ijodiy uchrashuv uyushtirildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Nukus garnizoni Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni xizmatchisi Salomat Ayapov bir oylik harbiy xizmatni o‘tamoqda.

Salomat Ayapov – 2011 yili Nukus madaniyat va san’at kollejining cholg‘u ijrochiligi (qo‘biz) mutaxassisligini tamomlab, shu yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichiga o‘qishga kiradi. 2016—2018 yillarda Samarqand davlat universitetining magistraturasida tahsil oladi. Bolalik chog‘laridanoq musiqa san’atiga oshno bo‘lgan Salomat qo‘biz cholg‘u asbobida jirov aytishning sir-saboqlarini chuqur o‘rganib, shu san’at turi bo‘yicha ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Vengriya, Boshqirdiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Estoniya va Qozog‘iston kabi davlatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro doston ijrochilarining tanlov va anjumanlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritadi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati
Olis viloyatlardan kelgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda Salomat yoshlarga jirov san’at turi va qo‘biz milliy cholg‘u asbobining yaratilish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib berdi. U «Alpomish», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Yedige» kabi dostonlardan parchalar kuylab, askarlarni hayratda qoldirdi.

«Baxshichilik haqida eshitgandim. Bugungi uchrashuvdan keyin o‘zim uchun yana bir yangi san’at turini namoyon qildim», – deydi toshkentlik muddatli harbiy xizmatchi Muslim Qurbonov. – Jirovlar faqatgina botirlik va qahramonlik dostonlarini kuylar ekanlar. Jirov kuylarida qo‘bizdan chiqayotgan ohang dostonning yanada ta’sirchanligini oshirib, qoraqalpoq xalqining milliy madaniyati kuylar sehrida jilvalanashini his etdim. Har bir xalq madaniyati o‘ziga xos va rang-barang. Xizmatim tufayli qoraqalpoq xalqi va madaniyati bilan tanishishlik menda katta tassurrotlar uyg‘otmoqda.

Tadbirda SChR bataloni xizmatchilari Salovat Xo‘jamuratov va Nursultan Xo‘shanov milliy cholg‘u asboblari yordamida ijro etgan sho‘x kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 125
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 214
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 83
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 84
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 4
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 49
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 19
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Bo‘limlar