“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 02:11
ЎЗO‘Z

Yil yakunlari: AQShda «Oltin globus» mukofoti egalari aniqlandi

11 yanv, 13:04 7 526 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yil yakunlari: AQShda «Oltin globus» mukofoti egalari aniqlandi 11 yanvar kuniga o‘tar kechasi AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida «Oltin globus» (Golden Globe Award) mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

"Beverli Xilton otel" mehmonxonasida o‘tkazilgan bu marosim o‘z tarixida 73-bo‘ldi.

Mukofotni topshirish marosimida an’anaga ko‘ra ko‘plab serial va kino yulduzlari ishtirok etdi.

Unda 25 kategoriya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, 14 nominasiya bo‘yicha kino, yana 11 nominasiya bo‘yicha televidenie sohasi vakillari taqdirlanishdi. Marosimdagi asosiy nominasiyalar "Eng yaxshi film", "Eng yaxshi aktyor" va "Eng yaxshi aktrisa" nominasiyalari bo‘ldi.

Eng yaxshi dramatik aktyor

Di Kaprio uchinchi marta «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi. U«Omon qolgan» (The Revenant) filmi uchun "Eng yaxshi dramatik aktyor" yo‘nalishida taqdirlandi. G‘oliblik uchun nomzodlar orasida Eddi Redmeyn ("Daniyalik qiz"), Maykl Fassbender ("Stiv Jobs") Uill Smit ("Himoyachi") va Brayan Krenston ("Dalton Trambo") kabi aktyorlar nomi bor edi.

Eng yaxshi dramatik aktrisa

Bri Larson esa «Xona» (Room) kartinasidagi roli uchun "Eng yaxshi dramatik aktrisa" yo‘nalishidagi «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi. Nomzodlar orasida Keyt Blanshett hamda Runi Maroy ("Carol"), Sirshey Ronan ("Brooklyn") va Alisiey Vikander ("The Danish Girl") nomlarini ko‘rish mumkin edi.

Eng yaxshi dramatik film

«Eng yaxshi dramatik film» yo‘nalishi bo‘yicha «Omon qolgan» (The Revenant) filmi g‘olib bo‘ldi. Bu film "Xona" (Room), "Diqqat markazida" (Spotlight), "Kerol" (Carol) va "Aqlsiz Maks: G‘azab yo‘li" (Mad Max: Fury Road) filmlarini ortda qoldirdi. Endilikda bu film "Oskar" mukofotiga ega chiqishi kutilmoqda.

Eng yaxshi komediya aktyori

Amerikalik aktyor Mett Deymon "Marsianin" filmidagi roli uchun "Oltin globus" mukofotiga ega chiqdi.

Mashhur yozuvchi Endi Uir romani asosida rejissyor Ridli Skott tomonidan suratga olingan bu filmda NASA astronavti hamkasblarining aybi bilan kosmosda qolib ketadi va yolg‘iz holda yashash uchun kurashni davom ettiradi.

Bu nominasiyada g‘oliblik uchun Kristian Beyl hamda Stiv Korell (The Big Short), Mark Ruffalo (Infinitely Polar Bear) va Al Pachino (Danny Collins) kabi aktyorlar raqobat qilishgandi.

Eng yaxshi komediya aktrisasi

Jennifer Lourens eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega chiqdi. Bu Lourensning uchinchi «Oltin globus»i bo‘ldi.

Bu nominasiya bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlar qatorida Lili Tomlin ("Grandmother"), Emi Shumer ("Trainwreck"), Meggi Smit ("Lady In The Van") va Melissa MakKarti ("Spy") kabi nomlar bor edi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa

Keyt Uinslet ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi. Keyt Uinslet 73 marta o‘tkazilgan marosim tarixida to‘rtinchi marta shu mukofotni qo‘lga kiritdi. U bilan g‘oliblik uchun Uzo Aduba, Judit Layt, Regina King, Joann Froggatt va Mora Tirni kabi aktrisalar raqobat qilishgandi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor

Silvestr Stallone "Krid: Rokki avlodi" (Creed) filmi orqali Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor yo‘nalishida "Oltin globus" oldi.

Unga Pol Dano (Love & Mercy), Idris Elba (Beasts of No Nation), Mark Raylens (Bridge of Spies) va Maykl Shennon (99 Homes ) kabilar raqobat qilishgandi.

Mini-seriallardagi eng yaxshi aktrisa


Ledi Gaga "Amerikacha qo‘rquv tarixi" (American Horror Story) filmidagi ijrosi uchun Mini-seriallardagi eng yaxshi aktrisa sifatida "Oltin globus" oldi.
Bu nominasiya uchun "Bo‘rilar yig‘ilishi" (Wolf Hall), "Fargo" (Fargo), "Amerikacha jinoyat" (American Crime), "Tana va suyak" (Flesh and Bone) filmlari ham nomzod edi.
Mini-seriallardagi eng yaxshi aktyor sifatida esa Oskar Ayzek "Menga qahramonni ko‘rsat" (Show Me a Hero) filmidagi roli orqali "Oltin globus" bilan taqdirlandi.

Eng yaxshi rejissyor

Meksikalik kinoijodkor Alexandro Gonsales Inyarritu "Omon qolgan" (The Revenant) kartinasi orqali "Oltin globus"ning "Eng yaxshi rejissyor" yo‘nalishi bo‘yicha sovrinini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan yili "Byordman" filmi orqali "Oskar"ga ega chiqqan bu meksikalik rejissyor navbatdagi mukofoti uchun kurashda amerikalik rejissyorlar Todd Xeyns ("Kerol", Carol) hamda Tom Makkarti ("Diqqat markazida", Spotlight), britaniyalik Ridli Skott ("Marsianin", The Martian) va avstraliyalik rejissyor Jorj Miller ("Aqlsiz Maks: G‘azab yo‘li", Mad Max: Fury Road) kabi raqobatchilarni ortda qoldirdi.

Eng yaxshi ssenariy

Bundan oldin "Oskar" mukofoti sohibi bo‘lishga ulgurgan amerikalik ssenariynavis Aaron Sorkin "Stiv Jobs" filmi matni uchun "Eng yaxshi ssenariy uchun" "Oltin globus" mukofotini qo‘lga kiritdi.

Bu nominasiya g‘olibligi uchun da’vogarlar orasida Kventin Tarantino "Jirkanch sakkizlik" (The Hateful Eight) hamda "Xona" (Room) kabi filmlar matni muallifi sifatida, shuningdek "Katta qisqarish" (The Big Short) va "Diqqat markazida" (Spotlight) filmlari ssenariynavislari bor edi.

Eng yaxshi dramatik serial

"Mister Robot" (Mr. Robot) seriali "Eng yaxshi dramatik serial" yo‘nalishida "Oltin globus" mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu yo‘nalish g‘olibligi uchun "Imperiya" (Empire), "Taxtlar o‘yini" (Game of Thrones), "Narko" (Narcos) va "Boshqa yurtlik" (Outlander) filmlari ham da’vogar edi.

Eng yaxshi komedik serial

"Junglidagi Mosart" filmi (Mozart in the Jungle) eng yaxshi komedik serial sifatida "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlandi. "Apelsinrang - mavsum xiti" (Orange Is the New Black), "Kremniy vodiysi" (Silicon Valley), "Vise-prezident" (Veep), "Shartlarsiz" (Casual) filmlari ham bu yo‘nalish g‘olibligi uchun da’vogar bo‘lgandi.

Eng yaxshi musiqa

Tarantinoning "Jirkanch sakkizlik" filmi eng yaxshi musiqa uchun "Oltin globus" bilan taqdirlandi. Film kompozitori, 87 yoshli italiyalik Ennio Morrikone bundan oldin ham "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgandi.

Karantinoning filmi bu yo‘nalishda "Kerol" (Carol), "Omon qolgan" (The Revenant), "Daniyalik qiz" (The Danish Girl) va "Stiv Jobs" (Steve Jobs) filmlarini ortda qoldirdi.

Eng yaxshi komedik film

Britaniyalik rejissyor Ridli Skottning "Marsianin" (The Martian) filmi eng yaxshi myuzikl sifatida "Oltin globus" bilan mukofotlandi. Bu yo‘nalish uchun raqobatda "Joy" (Joy), "Shpion" (Spy), "Komplekslarsiz qiz" (Trainwreck) va "Katta qisqarish" (The Big Short) kabi nomlarni uchratish mumkin edi.

Eng yaxshi animasion film


Pixar studiyasining "Jumboq" (Inside Out) lentasi eng yaxshi animasion film deb e’tirof etildi.
Pixar studiyasining "Yaxshi dinozavr" (The Good Dinosaur) animasiyasi hamda "Anomaliza" (Anomalisa), "Snup va kinodagi mayda-chuydalar" (The Peanuts Movie) va "Qo‘zichoq Shon" (Shaun The Sheep Movie) multfilmi ham shu nominasiya g‘olibligi uchun da’vogar edi.

Xorijiy tildagi eng yaxshi film


«Xorijiy tildagi eng yaxshi film» yo‘nalishida Laslo Nemeshning «Saulning o‘g‘li» kartinasi «Oltin globus»ga loyiq deb topildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 137
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 637
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 539
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar