“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Turk seriallari haqida fikr: Hech kim serial ko‘rib rivojlanmagan

22 iyun, 18:06 4 922 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turk seriallari haqida fikr: Hech kim serial ko‘rib rivojlanmagan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov O‘zbekiston telekanallari faoliyatining ayrim jihatlarini tanqid qiluvchi post qoldirgan edi.

Xususan Allamjonov telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallari ustidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni 5 baravar ortganini hamda nodavlat telekanallarda lotoreya orqali sifatsiz mahsulotlarni targ‘ib qilish avj olgani haqida gapirgan edi.

Qisqa vaqt ichida ushbu xabar ostiga yuzlab izohlar va fikrlar paydo bo‘ldi. Ularning aksariyati Allamjonov tanqidini qo‘llab-quvvatlashdi. Quyida ushbu postlardan, bizning fikrimizcha, eng e’tiborga loyiqlarini keltirib o‘tamiz:

“Turk seriallarini atayin kuzatdim va ularda biror marta oilani muqaddas tushuncha ekanligi, oilada er-xotin bir-biriga xiyonat qilish kechirilmas gunoh ekanligini, qurol ko‘tarib yurish jinoyat ekanligini, qiz bolani ibo-hayosi, ota-onasini, aka-ukasining oldida "sevgi o‘yinlarini o‘ynashi" uyat ekanligini targ‘ib etuvchi birorta ham lavha ko‘rmadim! <...> Otadi, chopadi, so‘kadi - hammasi bir-birini xotini bilan yuradi!!! Bu qanaqa ma’naviyat!”, – deb yozgan Diyorbek Rayimjonov.

- Yana bir gap, taraqqiyotga erishgan davlatlar hech qachon serial ko‘rib taraqqiyotga erishmagan! Biz ham iqtisodiy jihatdan oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishib olaylik, keyin bemalol, afrikani seriallarini ko‘rib o‘tirsak yarashaveradi – deb qo‘shimcha qilgan ushbu foydalanuvchi.

Feysbuk foydaanuvchilari, shuningdek, O‘zbekiston telekanallaridagi boshlovchilar adabiy o‘zbek tilida gapirmayotganidan ham shikoyat qilishgan.

“Assalomu alaykum! Hurmatli Komil Allamjonov! Hozirgi kunda xususiy telekanallarda boshlovchilar deyarli shevada ko‘rsatuv olib bormoqda. Kinolarda ham shevada so‘zlashadi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinishini nazorat qilishingizni istardim”, - deb yozgan Oymomo nikli foydalanuvchi.

Ko‘pchilik ushbu fikrni qo‘llab quvvatlagan. Darhaqiqat, oldingi davrlarda telekanal efiridan faqat sof o‘zbek tilini eshitar edik, hozir bo‘lsa ko‘plab ko‘rsatuvlar boshlovchilari adabiy tilni chetga surib qo‘yib Toshkent shevasida so‘z yuritmoqda.

“Agar TVdagi qimorvoz kanallarni ishlari tartibga solinmasa, odamlar sifatsiz suv va boshka mahsulotlardan zaharlanib ham moddiy ham ma’naviy zarar ko‘rishi mumkin”
, - deb yozadi Shuxrat Atamuxamedov.

Haqiqatdan ham odamlar "malibu" yo "spark" berarkan deb gazli suvlarni hadeb ichib yotibdi. Albatta ularning tarkibidagi kimyoviy bo‘yoqlar, shakar sog‘liqqa foyda keltirmaydi. Ushbu mahsulotlar sifatini biror kishi nazorat qilayotgani ham sezilmaydi.

Foydalanuvchilar, shuningdek, faqat turk seriallari emas balkim, boshqa davlatlar seriallarini ham namoyish qilish kerakligini, O‘zbekistonda suratga olinayotgan seriallarning sifati va saviyasini oshirish kerakligini ham ta’kidlashmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hit qo‘shiqlar ijrochisi Mirjalol Ne’matovning ilk konserti qanday o‘tdi? 18 sen, 16:25 32
  • Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar 17 sen, 07:00 39
  • Ozodbek Nazarbekov: Bu yil MDHning madaniy poytaxtiga aylangan Samarqand uchun muhim yil bo‘ldi 15 sen, 19:09 29
  • Ukraina prezidenti haqida hujjatli film suratga olindi 09 sen, 00:30 38
  • “Ishdagi ishq” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt 08 sen, 21:57 213
  • “Kavkaz asirasi”da hech kim payqamagan xatolik: Shurikning sochi qanaqa rangda? 05 sen, 16:10 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 13
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 9
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 8
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 8
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 13
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar