“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:47
ЎЗO‘Z

«Labi Hovuz»da sahna yo‘q. Axloqsizlik-chi?

15 мая, 23:55 4 462 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Labi Hovuz»da sahna yo‘q. Axloqsizlik-chi? Yaqinda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida «Labi Hovuzda «diskoteka»? Bunisi oshib tushibdi!» sarlavhali kulchadekkina maqola e’lon qilingan edi. Mazkur maqola «Azon.uz» saytidan olingan edi deb yozadi ushbu portal tahririyati.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi maqola yuzasidan quyidagicha munosabat yo‘llabdi:

«Labi Hovuz majmuasida «Al Muhammad» xususiy korxonasiga qarashli «Labi Hovuz» restorani (umumiy ovqatlanish shoxobchalari) mavjud. Ushbu umumiy ovqatlanish shoxobchalari 1997 yil 15 apreldan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning ish tartibi ertalab 8:00dan kech soat 23:00ga qadar belgilangan.

Mazkur savdo shoxobcha ma’muriyati Buxoro viloyat IIB xavfsiz turizm inspeksiyasi bilan birgalikda jamoat tartibini, xavfsizlikni saqlash maqsadida 16 ta videokamera o‘rnatgan. Mazkur majmua jonli ijrodagi konsert dasturlarini o‘tkazishga moslashmagan va bunday tadbirlar o‘tkazilmagan. Shunday bo‘lsa-da, restoranda musiqiy kichik ovoz kuchaytirgich orqali, sayyohlar talabidan kelib chiqib musiqa qo‘yiladi.

Savdo majmuasida xorijiy va mahalliy sayyohlarga umumiy ovqatlanish xizmati ko‘rsatilib, jami 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Asosan tushlik va kech soat 19:00 da xizmat ko‘rsatiladi.

Mazkur savdo majmuasida tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazilgan. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagani aniqlandi.

Majmua hududida mastlik holati va boshqa jamoat tartibiga ta’sir qiluvchi holatlar kuzatilmagan (videokamera yozuvlari asosida).


«Labi Hovuzda «diskoteka»? Bunisi oshib tushibdi!» sarlavhali maqola nima uchun bunday nomlanganini bilish istagida madaniyat vazirligi matbuot kotibi «Xabar.uz» saytiga murojaat etdi. Murojaat natijasida maqola «Azon.uz» saytida «Labi Hovuzdagi «qora dog‘» sarlavhasi ostida chop etilgani ma’lum bo‘ldi.

Madaniyat vazirligining Buxoro viloyat boshqarmasi vakillari tomonidan «Labi Hovuz» hududida joylashgan «Al Muhammad» xususiy korxonasiga murojaat etildi. «Diskoteka taomxonada tashkil etilyaptimi?» degan savol berildi va o‘rganildi. Savolimizga isbotlovchi dalillar bilan yuzlanishdi, aniqlanishicha, «Al Muhammad» xususiy korxonasida diskoteka tashkil etish uchun mo‘ljallangan joy (sahna) yo‘q, shu bilan birga, 120 o‘ringa moslashtirilgan restoranda mahalliy va xorijiy sayyohlar murojaatiga ko‘ra ko‘ngilochar musiqalar yangraydi.

Raqs tushish istagida bo‘lgan sayyoh o‘z joyida turib raqsga tushishi mumkin. Tartibni saqlash uchun IIB xavfsiz turizm inspeksiyasi doimiy xizmatda, shuningdek restoran yonida tibbiy yordam xizmati ham tashkil etilgan. Bu bizning madaniy meros ob’ektlarimizni ko‘rish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlardan biridir...»


Biroz cho‘zilgan munosabatdan ko‘rinadiki, hammasi joyida, sayt xodimlari bekorga vahima qilgan, nimaiki qilinmasin — hammasi mahalliy va xorijiy mehmonlar ko‘nglini olishga qaratilgan. Tushunarli. Biroq, baraka topgurlar, maqolada Buxoroga kelayotgan mehmonlarga qanday xizmat ko‘rsatilmoqda, degan savol qo‘yilmagandi-ku?!

Aksincha, kelayotgan mehmonlar bugungi ma’naviy-axloqiy holatimizni ko‘rib, ne o‘ylarga borishidan tashvish izhor qilingan.
Ya’ni, Labi Hovuzdagi zamonaviy «diskoteka» tashkil qilingani (mayli, sahnasi bo‘lmasin, har kim o‘z joyida likkillab o‘yinga tushsa ham), baland ovozli musiqa (past ohangdagi musiqaga birov raqs tushishiga ham ishonaylik, xo‘p), spirtli ichimliklar, mast-alast kishilarning o‘zini bilmas hollari... Shularga urg‘u berilgan.

Turistlar nima uchun keladi? Avvalo, yurtimiz, xususan, Islom tarixiga bo‘lgan qiziqish ularni qadimiy go‘shalarga yetaklaydi. Labi Hovuzdagi «olatasir» raqslar, aysh-u ishrat, mast-alastlarni ko‘rib, o‘zbekning milliy-diniy qadriyatlari, urf-odatlari qani, deyishayotgan bo‘lsa, ajabmas. Yana o‘ylashayotgan bo‘lsa kerakki, odob-u hayoda o‘z vaqtida dunyoga namuna bo‘lgan o‘zbeklarning ahvoli shumi?

Nahot mutasaddilar maqolada gap ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida ketganini ilg‘ashmagan bo‘lsa?
Qadimdan ilmu irfon markazi bo‘lgan Buxoroning qadrini saqlash, avvalo, o‘z sha’nimizni muhofaza qilish emasmi?

O‘zgalar oldida o‘zligini namoyon etgan millatgina hurmatga loyiq ko‘riladi. O‘zgalar hurmatini qozonishni xohlagan millat esa milliy qadriyatlariga zid xatti-harakatlari bilan «o‘zligini namoyon» etmaydi.

Endiyam tushunarli bo‘lmadimi?

P. S. «Labi Hovuzda»gi aynan bugungi manzaralar aks etgan suratlarni qo‘yib, ta’bingizni battar tirriq qilgimiz kelmadi, rosti. Muborak kunlarda nafsining yo‘rig‘iga yurishdan uyalmagan yurtdoshlarimiz qiyofasini saytda berishga biz uyaldik. Qolaversa, maqsad qadimiy go‘shada mastona-mastona yurganlarning qiyofasini ko‘rsatish emas. Bu bilan muammo hal bo‘lib qolmaydi. Muammo yechimi esa, avvalo, mutasaddilarning masalaga xolis qarab, zarur tadbirlar ko‘rishga chin dildan kirishishida.

Vassalom.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 23
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar