“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:43
ЎЗO‘Z

Kannda O‘zbekiston milliy paviloni ochildi (foto)

15 мая, 07:40 3 571 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kannda O‘zbekiston milliy paviloni ochildi (foto) Kecha, 14 may kuni 72-xalqaro Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy paviloni, mana ikki yildirki, mamlakatimiz kinosanoati salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda.

Ushbu ko‘rgazma va muzokaralar maydonchasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi.


Kinosanoati mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasining vazifasi – mamlakatimizning kinolokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdir. Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni O‘zbekistonda suratga olish uchun jalb qilish, shuningdek, 2019 yil 26-30 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xalqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnashchi va hay’at a’zolarini taklif qilish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Marché du Film kinobozori bosh tashkilotchisi Arno Menindes O‘zbekiston milliy pavilon ochilishida shaxsan ishtirok etdi.

«Yildan yilga kinobozor geografiyasi kengaymoqda va unda O‘zbekiston mana ikkinchi yil qatnashayotganidan biz nihoyatda xursandmiz. Ishonamizki, O‘zbekistonning go‘zal go‘shalari suratga olish uchun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqish uyg‘ota oladi», dedi u.





Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 130
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar