“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:45
ЎЗO‘Z

Amir Temur roliga da’vogar 5 aktyor: bu obrazga kim munosib?

07 apr, 22:42 7 731 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amir Temur roliga da’vogar 5 aktyor: bu obrazga kim munosib? Teatr sahnasida katta, ayniqsa, tarixiy voqealarni jonlantirish ancha mushkul ish. Tomoshabin ko‘z o‘ngida jang sahnalarini tashkil etish ham oson emas.

Tarixiy spektakl muvaffaqiyatli chiqishi uchun rejissyordan mahorat, rassomdan sahna bezaklariga jiddiy e’tibor berish va aktyorlardan o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etish talab etiladi. Aks holda, tomoshabin istagan vaqti tomosha zalini tark etishi mumkin.
“Jaloliddin Manguberdi”, “Chingizxon”, “To‘maris”, “Bibixonim” va “Amir Temur” spektallarini sahnalashtirgan rejissyor Sayfiddin Meliyev har bir detalga, aktyor salohiyatiga alohida e’tibor beradi. U qahramonlarning kiyimi, hatto rolni ijro etayotganda o‘zini tutishi, voqelikka bo‘lgan holatini ham ko‘zdan qochirmaydi.

Rejissyor tarixiy spektallar olishni o‘z burchi, deb bilib yana bir marta Amir Temur mavzusiga qo‘l urdi.
– O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlash arafasida diplom ishi sifatida tarixchi Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” romani asosida spektakl sahnalashtirganmiz, – deydi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazining “Turon” teatr-studiyasi badiiy rahbari, rejissyor Sayfiddin Meliyev. – O‘shandan buyon Amir Temurga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarni o‘qidim. Xorijiy davlatlarda qo‘yilgan spektakl, operalarni ko‘rdim. “Amir Temur” spektaklini ikkinchi marta 2015-2016 yilda Buxoro viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirganmiz. Bu spektaklga 7 oy vaqt sarflagandim, ammo postanovkachi rejissyor men bo‘lsam-da, e’lonlardan ismim olib tashlangan edi. Bu ham yetmagandek, voqealari ham qisqartirilgandi. Xabar berishlaricha, bugungi kunda e’lonlarga ismim tiklanibdi. Sohibqiron hayotiga oid kitob va pesalarni qayta o‘qib, bu mavzuga yana qo‘l urdim.

Rejissyorning ma’lum qilishicha, spektakl Amir Temur haqidagi ilmiy va badiiy kitoblar asosida sahnalashtirilmoqda. Bu spektaklga yuzaki yondashib bo‘lmaydi. Shuning uchun rassom, aktyorlarga aniq talablar qo‘yilgan. Birinchi navbatda, ular tarixni yaxshi bilishi kerak. O‘sha davrda kiyimlar, qurol-aslahalar qanday bo‘lgan? Ularning yurish-turishi va so‘zlashuvi ham juda muhim rol o‘ynaydi.
Har bir aktyor Amir Temur, aktrisalar esa Bibixonim rolini ijro etishni istaydi. Spektakl bosh roli uchun 5 nafar aktyorning har biri bilan repetitsiya jarayoni olib borilmoqda. Ularning eng yaxshisi Amir Temur roliga tanlab olinadi.

P/S.: Ushbu aktyorlarning kimligi haqida rejissyordan so‘raganimizda, “Hozircha sir bo‘laqolsin, spektakl premerasida bilib olasiz”, deya javob berdi. Spektakl premerasi joriy yilning iyun oyida rejalashtirilmoqda.
Xurshid Qodirov, O‘zA




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 117
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar