“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:11
ЎЗO‘Z

Jahongir Otajonov: "Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman"

05 apr, 11:10 4 869 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Otajonov: "Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman" O‘zining ajoyib qo‘shiqlari bilan muxlislari e’tiborida bo‘lib kelayotgan el sevgan xonanda Jahongir Otajonov bilan uyushtirilgan intervyu yuzasidan sanatkorning javoblarini saytimiz o‘quvchilari ixtiyoriga havola etamiz.
Nima uchun tojik tilida qo‘shiq aytmasligim kerak!

Tojik san’atkorlarining o‘zbek tilida ashula aytish-aytmasligiga men javobgar bo‘la olmayman. Bu xonanda o‘zbek tilida qo‘shiq aytmasa, men “o‘zbek tilini pisand” qilmayapti, deb o‘ylashga haqqim yo‘q. Bunday xayolga bora olmayman. Tojik san’atkori o‘zbek tilida qo‘shiq aytgisi kelmasa, sen undan ham “past” bo‘lib, “nimaga biz aytishimiz kerak” deb o‘ylamasliging lozim. Tojiklar meni tilimda aytmagani bilan men tojik tilida qo‘shiq aytsam, Ollohni oldida yomon bo‘lmayman. Menga savol berayotgan ilmsiz bir odamning gapi, millatchilik degan narsalar menga yoqmaydi. Nima uchun tojik tilida qo‘shiq aytmasligim kerak! Tojik xalqi bilan munosabatlarimiz yaxshilandi. U yerlarga o‘tib-qaytish muammo edi. Yana men tojik tilida qo‘shiq kuylab pul ishlayman. Nima uchun men tojik tilida qo‘shiq kuylamasligim, Tojikistonda konsert bermasligim yoki to‘ylarga bormasligim kerak. Kerak bo‘lsa Tojikistonning san’atkorlaridan zo‘r bo‘lishim kerak, deb niyat qilaman. Bu ularni yerga urushmas, bu meni intilishim. Xudo ham niyat qilganga yarasha beradi. Shuning uchun ham blok qilganman. Tarbiyasiz va odobsiz insonlar bizning davramizga kerak emas.

Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman

“Million” jamoasining chiqishlarini kuzatib boraman. Ularning ijodi yoqadi. Men bilan Ozodbek Nazarbekov haqidagi chiqishlarini ham ko‘rdim. Nima desam bo‘ladi, inson sifatida ular meni bilishmaydi. Ozodbek Nazarbekov bilan qiziqmayman, unga hasad ham qilmayman. U insonning ham menga munosabati qanday buni Xudo biladi. 2011 yilda bugungi kunda hech bir san’atkor jonli ijroda konsert qo‘ya olmaydi, deb o‘z fikrimni bildirganman. Hozir jonli ijro qilishga harakat qilishyapti. Kundan-kun jonli ijroda kuylaydiganlar ham chiqyapti. Ozodbek Nazarbekovga qaytadigan bo‘lsak, menimcha bu odamning hozir o‘zining ijodini qilishga vaqti bo‘lmasa kerak. Men haqimda o‘ylamasa ham kerak. Bu “Million” jamoasining ijodi, ular xalq nimani yaxshi ko‘rishini bilishadi.

Meni yomon ko‘radigan odam bo‘lsa, bu kasbdoshlarim bo‘ladi

Zo‘rlik bo‘lsin, xorlik bo‘lsin, men uchun Xudoning xohlagani eng a’losi! Men to‘g‘ri insonman, hech bir san’atkorga g‘ayirligim yo‘q. Meni yomon ko‘radigan odam bo‘lsa, bu kasbdoshlarim bo‘ladi. Buncha gapni gapirgandan keyin meni yaxshi ko‘rishadi yoki yomon ko‘rishadi, deya olmayman. Meni yaxshi ko‘rish uchun iymon kerak. Chunki men to‘g‘ri gapiryapman. Hamma o‘ziga savol berishi kerak, u to‘g‘ri gapirdimi yoki noto‘g‘ri? Insonning ichida ruhi bo‘ladi, u to‘g‘risini aytadi. Darrov shaytonga xizmat qilmasdan, meni yomon ko‘rmasdan hisob-kitob qilish kerak. Masalan men ham Yusufxon Nurmatovdan nafratlanishim mumkin edi. Lekin men nafratlana olmayman. Balki haqiqatdan meni befarosat sifatida ko‘rar. Uni bunga haqqi bor. Ammo men shunday yo‘l tutdimki, u mendan uzr so‘radi.

Qo‘shnilarimga malol kelmasin deb, uyimni katta qurmayman

Xudo bergan iste’dodni nasha chekkan bilan barobar qilish noto‘g‘ri. Ba’zilarga narkoman bo‘lib ko‘rinsam kerakki, shunaqa o‘ylaydi. Yillar davomida semirmaganim aybim emasku, shunaqa narkomanlar bor umuman narkoman deb o‘ylamaysiz. Kiyimingizni qachon yechasiz deyishadi. Yaxshi kiyinishga sharoitimiz bor. Seni yaxshi ko‘rgan muxlising oldinga kelib bemalol sen bilan gaplasha olishi kerak. Buni ham hisobga olish kerak. Kimnidir sharoiti pastroq bo‘lsa, seni oldingga kelishga andisha qiladi. Men unaqa qilmayman. Qo‘shnilarimga malol kelmasin deb, uyimni ham katta qurmayman. Meni xarakterim shunaqa.
Jahongir Otajonov, Ozodbek Nazarbekov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 131
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 225
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar