“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:51
ЎЗO‘Z

Ijodiy faoliyati to‘xtab qolgan ijodiy guruhlar (foto)

04 apr, 17:17 9 554 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ijodiy faoliyati to‘xtab qolgan ijodiy guruhlar (foto) Bolaligimizdan "Setora", "Bolalar","Bojalar" kabi estrada guruhlarining qo‘shiqlarini sevib tinglab kelamiz. Qani edi ular toki biz keksaygunimizga qadar birga bo‘lishsa, birga ijod qilishsa. Afsuski, qandaydir sabablar tufayli ham ularning ijodiy faoliyati to‘xtab qolmoqda. Hammasining ham emas! Ba’zibir sevimli guruhlarimiz tarqalib ketishmoqda. Albatta, bu ularning xohish-istaklari. Keling, ijodida uzilish bo‘layotgan, umuman ijod qilmay qo‘ygan hamda ijodiy guruhdan chiqib ketgan ayrim xonandalarimiz haqida gaplashsak!

Adashmasam, 1990 yillar oxirida ijodini boshlagan "Setora" guruhi anchagina muxlislar yig‘ishga ulgurgan edi. Hozirgacha ularning sodiq muxlislari talaygina. Yaqinda "Million" jamoasining konsert dasturida ular yana bir marta afsonaviy "Setora" bo‘lib chiqish qilishdi. Bu albatta, "Setora" guruhining ashaddiy muxlislarini ancha quvontirdi. "Setora" guruhi qizlari bir orada "Setanho" nomi bilan ijod qilishdi. Qanday nom ostida ijod qilishmasin baribir ular muxlislar uchun "SETORA"!!!

Toshkentdagi musiqiy maktabda bolaligidanoq birga o‘qib katta bo‘lgan Feruza Latipova, Komila Xo‘jayeva va Laylo Galiyeva "Setora" guruhining ilk tarkibi edilar. Guruh nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Rossiya, Britaniya va boshqa xorij mamlakatlarida konsertlar bergan.

"Pistani qandoq chaqarlar" deya pista chaqishni o‘rgatgan "Mango" guruhi ijod qilishda sust. Nimaga ijodda uzilishlar bo‘layotganini bilishni xohlasangiz ular bilan albatta suhbat qilib, bilib olamiz. Shunday bo‘lsa-da, guruhni sog‘inganlarga ularning arxiv fotolaridan namunalar keltiramiz. Axir "Mango" mana shu yigitlar bilan "Mango"da!!!

Xo‘sh, navbat "Shahrizoda" guruhiga ham yetib keldi. Bu guruhning qizlari hozir nima bilan band, ijod qilishyaptimi o‘zi, bu haqda ma’lumotga ega emasmiz. Lekin ular ham o‘zbek estradasida qisqa vaqt bo‘lsa-da ijod qilishganini bir eslaylik!!! Mana o‘sha sochlari uzuun qizlar...



Mahmud Namozovni "Surxon" guruhisiz tasavvur qilish qiyin edi. Mana hozir ularning yakkaxon chiqishiga ham ko‘nikib qoldik.


Va nihoyat "Ummon". "Ummon" guruhi yigitlari ummon qadar cheksiz ijod qilishlari kerak edi. Bu nom hayotda ularni birlashtirdi, sinadi, omad olib keldi va AYIRDI!!! "Ummon" guruhining muxlislari kutmagan voqea bo‘ldi, albatta! Hali bu voqeani "hazm qilib" ulgurmagan bo‘lsangizda, sizlar uchun eski tarkibning ajoyib fotojamlanmasini havola etamiz!

Setora, Bolalar, Bojalar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 34
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 160
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar