“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:57
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov va Jahongir Otajonov bir-birlarini yomon ko‘rishadimi?

04 apr, 11:50 5 236 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov va Jahongir Otajonov bir-birlarini yomon ko‘rishadimi? Million jamoasi 2018 yilning aprel oyidagi konsert dasturida Jahongir Otajonov hamda Ozodbek Nazarbekov munosabatlari yuzasidan bir hazil chiqish qilgandi. Ya’ni emishki bu ikki san’atkor bir-birlarini ko‘rganda juda quyuq so‘rashishar ekan-u, ich-ichlaridan bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q emish. Bu chiqish ko‘pchilik insonlarda ular rostdan ham bir-birlarini yomon ko‘rishar ekan, degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otib qo‘ydi. Lekin aslida haqiqat qanday? Jurnalist Feruz Muhammad Jahongir Otajonov bilan uyushtirgan suhbati davomida shu mavzuga oydinlik kiritdi. Jahongir Otajonovning mazkur chiqish yuzasidan javobi quyidagicha bo‘ldi:

– Ko‘rdim, men bu narsani internetda. Avvalo omad tilayman. Xalqimizga, xalqimizning bir qismiga endi ular (“Million” jamoasi)ning ijodi yoqadi. Ba’zi bir hazillari hatto menga ham yoqadi. Chunki haqiqatdan kulishgacha olib boradigan darajada ijod qilishadi.

Endi… inson sifatida baribir ular meni bilmaydi. Ozodbek Nazarbekovga qiziqishim ham, unga nisbatan hasadim ham yo‘q, ochig‘i. Men gapim uchun qiyomatda javob beraman. U kishiniyam menga nisbatan qalbi qanaqa – buniyam Alloh biladi. Lekin men inson sifatida 2011 yilda “Bugungi kunda O‘zbekistonda hech bir san’atkor jonli ijroda konsert qo‘ya olmaydi”, deb o‘z professional fikrimni bildirganman. O‘zimni kasbimdan kelib chiqqan holda shunaqa fikr bildirganman. Hali hanuzgacha mening musiqiy fikrim bo‘yicha javob berisha olmaydi. Buni kerak bo‘lsa, isbotlab beraman, nuqtalarigacha.

Endi Ozodbek Nazarbekovniyam hozirgi kunda o‘z ijodini qilishga vaqti yo‘q bo‘lsa kerak. Chunki davlat javobgarligini olgan. Men haqimda o‘ylashga vaqti ham bo‘lmasa kerak. Bu, shunchaki, “Million” jamoasining ijodi. Xalq nimani yaxshi ko‘rishini bilishadi, ular. Shunaqa strategiya qilingan. Lekin men va Ozod akaning bir-birimizga bo‘lgan munosabatimiz… men endi ularning fikrlarini bilmayman, lekin menda bu ichiqoralik yo‘q. Qizig‘i ham yo‘q. U boshqa yo‘nalishdagi san’atkor, men boshqa yo‘nalishdagi san’atkorman!

Manba: Hordiq.uz
Ozodbek Nazarbekov, Jahongir Otajonov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 23
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 157
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 59
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 359
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar